Markaziy prossesorning olib turini aniqlash



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə1/8
tarix26.10.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#161741
  1   2   3   4   5   6   7   8
choriyev A


CHoriyev Abdug’affor
MARKAZIY PROSSESORNING OLIB TURINI ANIQLASH.
Protsessor. inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi.
Protsessor, boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP). Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bo’lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
Yangi protsessorni o'rnatishdan avval, siz anakartning mos keladigan soket bilan jihozlanganligiga ishonch hosil qilishingiz va bu CPU modelidan foydalanishga imkon berishingiz kerak.
Ba'zi modellar eskirgan anakartlarda to'g'ri ishlashi uchun BIOS yangilanishi talab qilinishi mumkin. Yangi qurilmani o'rnatishda juda ehtiyot bo'ling, chunki beparvolik harakati jihozlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin!
Avval Anakart soketidagi sovutgichni diqqat bilan ajratib oling va protsessorni olib tashlang. Keyin yangi qurilmani qo'ying, protsessorning tashqi qismini nozik bir termal pasta qatlami bilan yoping va sovutgichni o'rniga joylashtiring. Markaziy protsessorni almashtirishda qolgan qismlar, odatda, yangilanishni talab qilmaydi va oddiy rejimda ishlashni davom ettiradi.
REGISTRLAR FLAGLAR, TEZKOR XOTIRA VA XOTIRA TURLARI BILAN TANISHISH
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish;
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
2) Segment registrlar
3) Flag registrlar
4) Buyruq registrlar
5) Soprotsessor registrlari
6) MMX kengaytmali butun sonli registrlar
7) MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin