Zamonaviy operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili. Reja: Reja:
Zamonaviy operatsion tizimlarning tushunchasi va kerakligi. Operatsion tizimlarning funksiyalari. Operatsion tizim resurslarni boshqarish tizimi sifatida. Operatsion tizimlar turlari.
Windows operatsion tizimi haqida umumiy tushunchalar. Windows operatsion tizimi funksiyalari. Windows operatsion tizimi oynalari. Fayl ustidagi operatsiyalar. Fayl va papkalar nomini o’zgartirish. Fayl va papkalarni qidirish. Dasturni (ilovasi) ishga tushirish.
Operatsion tizim - bu maxsus bir dastur. Bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashki qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta`minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari. Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan - Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows X’ dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows yuklanganlan keyin ekranning asosiy ko’rinish havola qilinadi. Ekranning asosiy qismlari:
1 - ISh STOL - ekranning bo’sh sohasi, uning ichida har xil dasturlar o’zining oynasida bajariladi 2 - papka va YORLIQLAR - har xil dasturlar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu fayllar ochiladi
3 - DASTUR OYNALARI - dastur bajariladigan oyna
4 - PUSK MENYUSI - (WINDOWS ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimz mumkin 5 - VAZIFALAR SATRI - aktiv dasturar va fayllar nomlarni ko’rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan yordaimda bittasidan boshqasiga tezkor o’tish ta’minlanadi.
6 – KO’RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma`lumotlar, klaviatura til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini o’zgartirishimiz mumkin Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida o’zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to’rtburchak soha