1. Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati. Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati


jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi”



Yüklə 94,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix22.12.2022
ölçüsü94,97 Kb.
#77368
1   2   3   4   5   6   7   8
hAnP6jeVvppRi5DxCXMvt01soWK9UQ9oY6xFXyqq

jismoniy nuqsonda ham taraqqiyot davom etadi” fikri bilan ham tasdiqlash
mumkin .
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan muassasada albatta psixolog faoliyat yuritishi
lozim.Psixologning faoliyati har bir bolaning ruhiy salomatligini himoyalash, ruhiy
rivojlanishidagi kamchilklarini bartaraf etish va korreksiyalashga qaratiladi.
Muassasa psixologi har bir bolani psixologik jihatdan tekshiradi, doimiy ravishda
psixologo-pedagogik jihatdan o‘rganib boradi, individual rivojlantirish dasturlarini
tuzadi, alohida ehtiyojli bolani oilada tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga maslahatlar
beradi, inklyuziv ta’lim muassasasining pedagogik hodimlariga psixologik
rivojlantirish masalalarida metodik yordam ko’rsatadi.
Inklyuziv ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya olayotgan maxsus yordamga muhtoj
bolalarning ayrimlari doimiy ravishda tibbiy xizmatga muhtoj bo‘lishi mumkin.
Inklyuziv ta’lim muassasasi shifokor-pediatri (psixonevrolog) har bir bolaning
ruhiy asab holatini doimiy ravishda tekshirib boradi, zarurat bo’lganda
davalash muolajalarini tavsiya etadi, korreksion pedagogik ta’lim jarayonida
bolalar sog‘ligini nazorat qiladi, aqliy va jismoniy yuklamaning me’yorini
belgilaydi, ota-onalarga bolaning somatik hamda ruhiy salomatligini saqlash
yuzasidan maslahatlar beradi. Maktablararo qatnab yuruvchi resurs o‘qituvchining
muhim vazifalariga nogiron bolalar uchun kerak bo’lgan qo‘llanmalar, jihozlar
bilan ta’minlash, homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb
qilish va imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi
o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘rnatish, masus resurs qo‘llanmalarni ta’minlash
orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar oddiy sinf o‘qituvchilari va maktab
ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdeq maxsus ta’limga muhtoj bolalar
uchun faoliyatlar va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari haqida muhokamalar
yuritish, hattoki nogiron bo‘lmagan bolalarning ota-onalariga ham ma’lumotlar
yetkazilib turish kiradi. Resurs o‘qituvchining asosiy maqsadi: umumta’lim


muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilar va ularning
o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat. Resurs o‘qituvchi quyidagi
vazifalarni amalga oshiradi:.
-har bir o‘quvchini qaysi darajadagi yordamga muhtojligini aniqlash va ularning 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda ular bilan uchrashish.
-o‘quvchilar bilan yakka tartbda ishlash, individual rejalardan kelib chiqqan holda 
ularni kuzatish, o‘quv dasturiga moslashishiga yordam berish, o‘qitish va baholash.
-sinf o‘qituvchilariga o‘quvchilarning maxsus ehtiyojlari va qobiliyatlariga oid 
ma’lumotlarni berish.
-sinf o‘qituvchilarini individual o‘quv rejalari bilan tanishtirish va ular bo‘yicha 
maslahatlar berish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do‘stona
munosabat va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga
bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Bundan
tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko‘ra, dars
jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o‘quv qurollarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.
Bunday o‘zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal
rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.Bolada o‘ziga
ishonch va o‘zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning qiyofasi juda
muhim. Lekin juda ko‘p maxsus ehtiyojli bolalar o‘sib, ulg‘ayayotgan bir paytda
o‘zlariga o‘xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarning uchratmaydilar va katta
bo‘lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shunda ular o‘zlarining hayotda
erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni
targ‘ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.

Document Outline

  • Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
  • Mavzu: Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar bilan ishlash.
  • REJA:
  • 1.Inklyuziv ta’lim va uning mohiyati.
  • 2.Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.
  • 3.Imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiylashuvida inklyuziv ta’limning o‘rni.
  • Inklyuziv ta’limning O‘zbekistonda joriy etilishi va ahamiyati.

Yüklə 94,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin