1. Innovatsion faoliyatda marketingning mohiyati va mazmun Innovatsiyalar marketingi ko‘rinishlari



Yüklə 102,67 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü102,67 Kb.
#205377
  1   2   3   4   5   6   7
1 Innovatsion faoliyatda marketingning mohiyati va mazmun Innov


Mavzu: Innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqish yo'llari
Reja:


KIRISH
1.Innovatsion faoliyatda marketingning mohiyati va mazmun
2.Innovatsiyalar marketingi ko‘rinishlari
3.Innovatsion tadbirkorlikni strategik rejalashtirishni faollashtirish
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish



Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi, iqtisodiyotda intellektual mahsulot, axborot va ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat ulushining o‘sishi shunga olib keldiki, innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellectual salohiyat kabi, mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‘lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatda kompleksli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo‘q edi.
Bozor islohotlarining amalga oshirilishi, mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborot rolining o‘sishi tomon o‘zgarishi, yangi texnologiyalar va capital bozori o‘rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Dunyoning yetakchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida rivojlanish umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini bilish, shuningdek, boy tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holdagina O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish mumkin.
Zamonaviy dunyoda intellektual mahsulotning tijoratlashuvi, fan va texnika rolining tubdan o‘zgarishi sababli har bir davlat, shuningdek, alohida korxonalar darajasigacha bo‘lgan quyi boshqaruv darajasidagi strukturalar bozor sharoitlarida ilmiytexnik va innovatsion faoliyatga resurslar ajratish, bu faoliyat natijalarini amalga oshirishga o‘z munosabati xaqida tasavvurga ega bo‘lishi, ya‘ni mamlakat, mintaqa, tashkilot va alohida shaxsning belgilangan ijtimoiyiqtisodiy maqsadlariga samarali erishish imkonini beradigan o‘z innovatsion siyosatini ishlab chiqishi lozim. Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat ilmiy asosda amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli faol harakat qilayotgan har bir shaxs, u qaysi faoliyat sohasida band bo‘lmasin, fan va texnikaning rivojlanish umumiy qonuniyatlari, yangiliklarni 5 samarali qo‘llash usullari xaqida tasavvurga ega bo‘lishi, yangiliklar kiritish nazariyasi, innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini, ya‘ni innovatsion ctrategiyaning asosiy qoidalarini, shuningdek, mos keluvchi darajada innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida, erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta‘minlashda marketing faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u yerda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir. Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi, xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni to`g`ri tushunib yetish anchagina mushkul ishdir. Shuning uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan, maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib turmog`i lozim.
Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish, mavjud sharoitu vaziyatlarni eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish va sotuvning yuqori foyda berib turishini ta`minlash va xaridorlar uchun to`g`ri keladigan baholarni belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir. Bozorni bilish deganda, iste`molchilarni har tomonlama o`rganish, ularning did va istaklarini bilish ko`zda tutiladi. Demak, bozorga moslashish muayyan talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab chiqarilgan bo`lsa, shuni sotmaslik, balki bozortalab mollarnigina ishlab chiqarmoq 6 zarur. Bozorga ta`sir o`tkazish talabni shakllantirish demakdir ya`ni tovarni yaratish bilan iste`molchini ham ―yaratmoq‖ lozim.
Marketing - iste‘molchilarning hozir va kelajakda talablarini qondirishga qaratilgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, sotish va natijada foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir.
Marketingda asosiy e‘tibor uning maqsadli yo‘nalishga egaligi hisoblanadi, yangi tadqiqotlarni jami yo‘nalishlarning yagona texnologik jarayoniga birlashuvi ham uning o‘ziga xos xususiyatidir. Har bir korxona tashqi omillar hamma xo‘jalik faoliyati tabiatini hisobga olgan holda,o‘ziga mos marketing dasturini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi, chunki eng asosiy maqsad tovarlar va xizmatlarni qayerda, kimga, qanday qilib sotish muammosini hal qilish bo‘lsa, bu bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rivojlangan mamlakatlarda ham murakkab va serqirra faoliyat hisoblanadi.



  1. Yüklə 102,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin