1 Innovatsion faoliyatda marketingning mohiyati va mazmun Innov
2.Innovatsiyalar marketingi ko’rinishlari.
Korxonaning maqsadlari iyerarxiyasida innovatsion marketing o‘zida taktik va strategik elementlarni qamrab oladi. Strategik marketing bozorni tadqiq etish va korxonaning raqobat hatti-harakatini aniqlashga yo‘naltirilgandir. Uning asosida marketing tadqiqotlari, bozorni o‘rganish va firma imkoniyatlarini baholash kiradi. Marketing tadqiqotlari aniq belgilangan bozor segmenti, ya‘ni muayyan modifikatsiyali mahsulotga e‘tibor qaratadigan itse‘molchilar guruhidan iborat bozor qismi bilan ish ko‘radi.
Bozorni segmentlashtirish 2 yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Iste‘molchilar guruhi bo‘yicha;
2. Mahsulot parametrlari bo‘yicha.
Birinchi holatda muayyan mahsulot itse‘molchilarning qaysi guruhiga mo‘ljallanganligi, qaysi tarmoqlarda va qaysi maqsadlarda ishlatilishi mumkinligi aniqlanadi.
Ikkinchi holatda mahsulot raqobatbardoshligini oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotning funktsional va texnik parametrlari aniqlanadi. Segmentlashtirish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Segmentning miqdoriy parametrlari: bozor hajmi, potentsial itse‘molchilar hajmi va h.k.;
Segmentning korxona uchun ochiqligi: mahsulotni tarqatish va sotuv kanallari, saqlash sharoitlari va tashish imkoniyatlari;
Segment mohiyati: Ushbu segment o‘suvchimi, barqaror yoxud pasayib borayotganmi? 10 Segmentning asosiy raqobatchilar bozori bilan munosabati: raqobatchilar mazkur bozor segmentiga kirishga qay darajada tayyor?
Ushbu bozor segmentida faoliyat samaradorligi: korxonaning mazkur segmentdagi faoliyat tajribasi tahlili va buning uchun zarur resurslarini baholash;
Tanlangan segmentning raqobatdan himoyalanganligi: raqobat kurashida korxonaning imkoniyatlari va ustunliklari.
Marketing tadqiqotlarining yana bir muhim tashkil etuvchisi korxonaning salohiyat imkoniyatlari tahlili bilan bog‘liq. U bozor talablari va firmaning real resurslari asosida ishlab chiqarish rivoji va bozorda hatti-harakat datsurlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Strategik innovatsion marketing doimiy va sanatsion bo‘lishi mumkin. Doimiy marketing innovatsion korxona raqobatbardoshligini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi sotuv bozorlarini egallashga qaratilgandir. Sanatsion marketing esa innovatsion korxona raqobatbardoshligi pasayishi sharoitida o‘tkaziladi. Ushbu sharoit indikatorlari bo‘lib, quyidagi omillar xizmat qiladi:
Innovatsion korxona mahsulot va xizmatlar bozori torayadi; korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlari yomonlashadi; innovatsion korxonaning strategiyasi va taktikasi tashqi muhitning o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydi. Taktik marketing o‘zida marketing faoliyati datsurini olib, quyidagi kalit tushunchalar bilan ishlaydi: mahsulot (yoki texnologiya), narx, mahsulotni sotish joyi va realizatsiyasi. Korxona marketing tadqiqotlariga asoslangan strategiya bo‘yicha ish ko‘rib, shu bilan bir vaqtda bozor talablariga mos ravishda strategiyani tuzatish, shuningdek, yangi strategik qarorlar qidirish maqsadida tadqiqotlarni davom ettiradi.
Quyidagi jadvalda strategik hamda taktik marketingning asosiy xarakteritsikalari keltirilgan: 11 1-jadval Taktik va strategik marketing o’rtasidagi farq Strategik marketing Taktik marketing I. Bozor tavsifi, xaridor-etkazib beruvchi tsikli, firmaning asosiy pozitsiyasidan chetlashish chegarasi va darajasi nuqtai nazaridan bozor tavakkali tavsifi I. Innovatsion korxonaning faoliyat tamoyillari tavsifi (samaradorlik ning ichki mezonlari) II. Raqobat strategiyasi: Mijozlar (mijozlar ehtiyoji va to‘lov qobiliyatini baholash, mijozlar nuqtai nazaridan korxona raqobatbardoshligi, unga ta‘sir etadigan kelajak talablarini baholash); Raqobatchilar (raqobatchilar, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, mijozlar nuqtai nazaridan raqobatchilar mahsulotlarini baholash, raqobatchi korxonalarda xarajatlar boshqaruvini aniqlash); Xarajatlar (mahsulot hayotiylik davriga bog‘liq ravishda xarajatlarni baholash; doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar; xarajat manbalarini baholash; xarajatlar raqobatbardoshligini aniqlash) Firma imkoniyatlari (firma yutuqlari va afzalliklarini baholash) II. Marketing faoliyati datsuri: Tovar siyosati (mahsulotni loyihalashtirish; uni pozitsiyalashtirish; mahsulot liniyasining salmog‘i, savdo belgilari; qadoqlash; sifat kafolatlari; kafolatli xizmat ko‘rsatish); Narx siyosati (sotuvning barcha zanjirida narxni shakllantirish); Sotuv siyosati (to‘g‘ri va vositali so‘rovlar, taqsimot kanallari parametrlari; sotuv kanallarini nazorat etish); Kommunikatsiya siyosati (reklama, to‘g‘ri marketing, omma bilan aloqalar, savdo namoyishlari va boshqa maxsus tadbirlar) III. Biznes tavsifi: Biznes chegaralarini baholash; Raqobat chegaralarini aniqlash; III. Marketing faoliyatini operativ boshqarish; marketingning taktik qismlari samaradorligini aniqlash. 12 Realizatsiya etiladigan innovatsion tsrategiyani ishlab chiqish.
Korxona mahsulotning ayrim xarakteritsikalarini yaxshilash asosida uni texnik yangilashga kirishganida innovatsion marketing o‘zida quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: mahsulotni modernizatsiya qilish maqsadida uning texnik xarakteritsikalarini o‘zgartirish va takomillashtirish; innovatsion korxonaga alohida segmentni qo‘lga kiritish yoki ushlashga imkon beruvchi mahsulot modifikatsiyasini amalga oshirish. Innovatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirib yangi mahsulotni bozorga olib chiqilganidan so‘ng marketing faoliyatining vazifalari mahsulotning hayotiylik davri bosqichlariga mos ravishda yuzaga chiqadi: 2-jadval Mahsulot hayotiylik sikli asosiy bosqichlarida korxona marketing faoliyatining vazifalari Mahsulotning hayotiylik davri asosiy bosqichlari
Bosqich xarakteristikasi Marketing vazifalari 1. Ishlab chiqish Mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlili. ITTKI, tajriba namunalar Marketing tadqiqotlari, bozor sinovlari 2. Bozorga olib chiqish Mahsulotning sotuvga olib chiqilishi. Yangi savdo belgisining paydo bo‘lishi. Qisqa muddatli monopol imkoniyatlar Mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish. Uning itse‘molchilar tomonidan qabul qilinishini ta‘minlash borasidagi tadbirlar, savdo belgisiga 13 qiziqish uyg‘otish. Monopol utsunlikni maksimallashtirish. 3. O‘sish Raqobatchilarning javob hatti-harakati. Tez o‘suvchi bozor. Mahsulot sotuvi o‘sishining o‘zgaruvchan va barqaror bo‘lmagan xususiyati Bozorning ichiga kirish. Mahsulotning boshlang‘ich sotuvini qo‘llab-quvvatlashdan kelayotgan foydani maksimallashtirish. Taqsimot. Keng reklama tadbirlari 4. Turg‘unlik Sotuv hajmining barqarorlashuvi. Savdo belgisining itse‘molchilar tomonidan afzal ko‘rilishi omili O‘z bozor ulushini saqlab qolish. Bozor ulushini nisbatan zaif raqobatchilar hisobiga kengaytirish. 5. Bozorning to‘yinishi va pasayish Bozorning torayishi.
Korxona ortiqcha quvvatlarining paydo bo‘lishi. O‘rinbosar mahsulotlarning paydo bo‘lishi. Mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechish imkoniyatlarini baholash. Innovatsion loyihalar uchun yangi g‘oyalarni tayyorlash. Innovatsiyalarga ehtiyoj mahsulot hayotiylik davrining oxirgi bosqichida dolzarblik kasb etsada, innovatsion g‘oyalarni yaratish va yangi ishlanmalarni doimiy joriy etish korxona muvaffaqiyatining asosiy garovi hisoblanadi. Shu sababli innovatsion marketingni amalga oshirish innovatsion korxona (ayniqsa, kichik korxona) yuqori raqobatbardoshligining asosiy sharti hisoblanadi. Yangi ishlanmani bozorga olib 14 chiqishda narx belgilash siyosati va sotuv kanallarini yaratish marketingning yuqori ahamiyatga ega ko‘rinishlaridandir. Narx siyosati korxona o‘zi uchun belgilaydigan aniq marketing strategiyasiga muvofiq ravishda shakllantiriladi.
Yangiliklar narx ishlab chiqarish zararsizligi tahlili asosida shakllantirilishi mumkin. Bu holda narx korxona xarajatlarini qoplashi zarur va narxni aniqlashda mahsulot tannarxini hisoblash asosiy tadbir hisoblanadi. Ikkinchi holda narx itse‘molchi tomonidan sotib olinadigan mahsulot qiymatini qabul qilishi asosida shakllantirilishi mumkin. Buning uchun innovatsion korxona itse‘molchilarning raqobatchilar mahsulotlar qiymati bo‘yicha tasavvurlarini aniqlashi zarur. U yoki bu mahsulotni xarid qilishda quyidagi omillar hal qiluvchi rol o‘ynaydi: narx sharoitlari, mahsulot sifati, sotuvdan oldingi va keyingi servis xizmati ko‘rsatish. Shuningdek, yangi mahsulotga narx sotuv bozorlari uchun kurash hamda innovatsion korxona raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bunda innovatsion korxona muayyan bozor segmentini qo‘lga kiritish hamda o‘z pozitsiyasini mutsahkamlash maqsadida vaqtincha o‘z mahsuloti sotuvidan keladigan foydadan voz kechadi. Korxonaning taqsimot siyosati mahsulot oqimi va sotuv kanallarini rejalashtirish, shuningdek, sotuv va agentlik tarmoqlarini yaratish, ularga mos keluvchi ombor va magazinlarni shakllantirishdan iboratdir. Sotuv tizimining asosini innovatsion korxona hamda xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir yoki bir necha variantlari tashkil etishi mumkin: To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida yoki o‘z chakana savdo tizimi orqali yangi mahsulotni itse‘molchilarga yetkazish; Ulgurji savdo xaridorlariga sotish; Mustaqil chakana-savdo tarmog‘ida sotuvlar; Franchayzingni tashkil etish va xaridorni o‘zlashtirilgan sotuv va xarid liniyalari, ishlab chiqarish, sotuv texnologiyalari va mijozlar to‘plami bilan ta‘minlagan holda franshiza litsenziyasini sotish.