1. Inventarizatsiya va uning turlari Inventarizatsiyadan maqsad



Yüklə 40,17 Kb.
səhifə3/3
tarix05.06.2023
ölçüsü40,17 Kb.
#125245
1   2   3
Invintarizatsiya ahamiyati va turlari

Quyidagi hollarda inventarlash o‘tkazilishi shart:
- mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog‘da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
- yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. 4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” deb nomlangan BHMSga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta, 5-son “Asosiy vositalar” BHMSga muvofiq asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi.
Pul mablag‘lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg‘i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo‘riqnomalariga muvofiq inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi:
- asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
- moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);
- o‘g‘irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
- tabiiy ofatlar, yong‘inlar falokatlar yoki g‘ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarlash jamoa rahbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a’zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi talabi bilan o‘tkaziladi.
Inventarlashni o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tarkibida:
– xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (komissiya raisi);
– bosh buxgalter;
– boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo‘lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi.
Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlashni bir vaqtda o‘tkazish uchun tarkibida:
–inventarlashni tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
–mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo‘lgan ishchi inventarlash komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Yüklə 40,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin