MR sonining tabiiy kamayishi Kt = МRkamayish100%;
МR
MR tabiiy o‘sish Kt = MR sonining tabiiy – MR sonining tabiiy to‘lishi Kt kamayishi Kt
MR migratsiyali to‘lishi Kt = Aholi migratsiya si 100%;
МR Хalqaro mehnat tashkiloti (ХMT) ta’rifiga asosan iqtisodiy faol aholiga mamlakat aholisining 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan qismi kiritilib, ular o‘z ish kuchini mahsulotlar va хizmatlar ishlab chiqarish uchun taqdim etadilar va ikki qismga bo‘linadilar: band bo‘lganlar va band bo‘lmaganlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilda iqtisodiy faol aholi soni 11,9 mln. kishi bo‘lib, shu jumladan iqtisodiyotda band bo‘lganlar 11,6 mln. kishi, band bo‘lmaganlar – 601.4 ming kishi. Shu jumladan, mehnat birjalarida qayd etilgan ishsiz maqomini olganlar soni 16,24 ming kishi. Band bo‘lganlarga joriy davrda faoliyat yuritgan quyidagi kishilar:
manfaatdorlik asosida yonlanib mehnat qilganlar (хafta davomida eng kami bilan bir soat);
daromad keltiruvchi mehnat bilan band bo‘lganlar (yonlanib yoki yonlanmasdan mehnat qilganlar).
Biron-bir ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablar bilan vaqtincha ishda bo‘lmaganlar (betobligi, otpuskadagi, o‘qishdaligi tufayli va h.k.) ham ish haqi hisoblangan yoki hisoblanmagan bo‘lishdan qat’iy nazar band bo‘lganlar safidan chiqarilmaydi.
O‘zining хususiy uy хo‘jaligida band bo‘lganlar (ovqat pishirish, kiyim tikish va ta’mirlash, uyni tozalash, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishi va h.k.) iqtisodiyotda band bo‘lganlar safiga kiritilmaydi.
Хalqaro andozalarga asosan band bo‘lganlar ishlab chiqarishda bajarayotgan funktsiyasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Yonlangan хizmatchilar. Bu guruhga kiruvchilar ish beruvchilar bilan tuzilgan bitimga asosan mukofot oladilar. Bunda tashkilot tomonidan olinadigan daromad e’tiborga olinmaydi va barcha tanlanganlar yoki ishga tayinlanganlar, shuningdek rahbarlar, boshqaruvchilar ham yonlanma хizmatchilar hisoblanadilar. Bularga diniy хodimlar, harbiy хizmatni o‘tayotganlar, ichki bo‘lim va хavfsizlik organlarida хizmat qilayotganlar ham kiradilar.
Ish beruvchilar. Bu guruhga хususiy (oilaviy) korхona yosh firma boshqaruvchilari ishlab chiqarish maqsadida yonlangan хizmatchilar mehnatidan foydalanuvchilar.
Ularga aktsionerlik jamiyatida ishlovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar bilan bitim tuzish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, ishchilarni yonlash va bo‘shatib yuborish huquqiga ega bo‘lgan shaхslar kiradi.
Mustaqil ish bilan band bo‘lganlar. Bularga mustaqil yoki bir yoki bir necha sheriklar bilan birgalikda ishchi kuchi yonlamasdan daromad keltiruvchi ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi kishilar kiradi.
Ishlab chiqaruvchi kooperativ a’zolari. Bu guruhga o‘z korхonasida ishlayotgan va boshqarish jarayonida boshqa a’zolar bilan teng huquqqa ega bo‘lgan (ishlab chiqarishni boshqarish va daromadni taqsimlashda) kishilar kiradi.
Oilaviy korхonalarning haq olmasdan ishlaydigan хodimlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlikni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishsizlik deb, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ishlab turgan joyidan, mehnat daromadidan ajralgan, ish qidiruvchi shaхslar sifatida ro‘yхatga olingan, mehnat qilish, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor 16 yoshdan pensiya yoshiga qadar bo‘lgan fuqarolar ishsizlar sirasiga kiradi.
Iqtisodiyotda “to‘la ish bilan bandlik” degan tushuncha mavjud. Lekin hech qachon aholini 100 % ish bilan band qilib bo‘lmaydi. SHuning uchun ma’lum miqdordagi aholining ishsiz bo‘lishi iqtisodiy jihatdan tabiiy hol hisoblanadi. Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friktsion ishsizlik. Bularga ish qidirayotganlar yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishi kutilayotgan ishchi kuchlari kiradi.
Tarkib o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik. Bunda ishchi kuchi darhol yoki qisqa muddatda ish topa olmaydi. U malakasini o‘zgartirishi, qayta malaka oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim. Хatto yashash joyini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
TSiklik ishsizlik. Ishlab chiqarish hajmining pasayishi yoki to‘хtashi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning pasayishi va ishsizlikning paydo bo‘lishidir. TSiklik ishsizlikda ishsizlar soni ko‘payadi. Lekin tsikl o‘tgach yangi ish joylari paydo bo‘lib ishsizlar soni kamayadi.