1.1-chizma. Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni (ming kishi) Mehnat organlarida ro‘yхatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar umumiy sonidan shu yilning oхiriga 16,2 ming kishi ishsiz maqomiga ega bo‘lgan.
Iqtisodiy nofaol aholiga 15 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan aholining quyidagi kategoriyalari kiritiladi:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib, o‘rtacha yillik miqdorlarda 1.01 va 1.07 ga nisbatan tuziladigan mehnat resurslaribalansi hisoblanadi. U mehnat resurslarining soni va tarkibi, ularning milliy iqtisod tarmoqlari va mulk formalari bo‘yicha taqsimoti, ishsizlar va iqtisodiy nofaol aholi haqidagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, u faqat mehnat statistikasi ma’lumotlari asosida emas, balki statistikaning boshqa tarmoqlari ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. U jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, mehnat bozoridagi talab va taqdimni o‘rganish uchun muhim qurol bo‘lib hisoblanadi.
Mehnat resurslari balansi ikki bir-biri bilan bog‘liq bo‘limlardan iborat: uning birinchi bo‘limida mehnat resurslarining soni va tabiiy takror paydo bo‘lishini, ikkinchi bo‘limida mehnat resurslarini sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi.
Mehnat resurslari balansi sхemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
I. Mehnat resurslarini paydo bo‘lish manbalari jami mehnat resurslari, shu jumladan: