1. Iqtisodiy o‘sish. Yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chiqarish


Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari



Yüklə 22,73 Kb.
səhifə4/6
tarix20.10.2023
ölçüsü22,73 Kb.
#157907
1   2   3   4   5   6
1. Iqtisodiy o‘sish. Yalpi ishchi kuchi va uni takror ishlab chi-fayllar.org

Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat hududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi va qaror topishi bilan bogʻliq boʻlib, eng avvalo, Angliyada shakllandi. Hozirgi paytda Milliy iqtisodiyotning kapitalistik, sotsi-alistik, postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik yoʻnalishli kabi turlari maʼlum. Shu bilan birga har bir muayyan turdagi iqtisodiyotining oʻz milliy modellari va shakllari bor. Mas, kapitalistik Milliy iqtisodiyotning amerikacha, yevropacha va yaponcha turlari, milliy modellari va ularning "aralash iqtisodiyot" deb atalayotgan zamonaviy shakli bor . Rivojlangan mamlakatlardagi "aralash iqtisodiyot" xususiy va davlat kapitallariga asoslangan hamda bozor va davlat tomonidan tartiblanadigan, boshqariladigan, umumdemokratik tamoyillar ham karor topa borayotgan kapitalistik Milliy iqtisodiyotdir .
Zamonaviy sotsialistik Milliy iqtisodiyot Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud boʻlib, unga eng muhim tarmoqlarda sotsialistik davlat mulkini va korxonalarini saqlab qolgan holda, xususiy mulkchilikka, tovarli-pulli xoʻjaliklarga va bozor munosabatlariga keng yoʻl ochilmoqda .
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va SSSRda oʻta markazlashgan maʼmuriydavlat sotsializmi inqirozga uchrab, parchalanishi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda (Polsha, Rossiya va boshqalarda) postsotsialistik Milliy iqtisodiyotga aylanmoqda. Boshqa baʼzi postsotsialistik mamlakatlarda, jumladan, Oʻzbekistonda oʻziga xos demokratik, bozorga asoslangan umumdemokratik Milliy iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilida mamlakatda umummilliy va xususiy mulkchilikka asoslangan koʻp ukladli Milliy iqtisodiyot — xilma-xil xususiy va davlat xoʻjaliklari sistemasi shakllandi. Unda xususiy sektor ustuvor oʻringa, asosiy mavqega ega boʻldi. Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning mutlaq koʻpchiligini yakka shaxsiy, guruhiy, shirkat, jamoa, aksiyali korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etadi; ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi uchdan ikki qismdan oshib ketdi va tobora oʻsmoqda.
Milliy ehtiyojlarni yaxshiroq qondirish zarurati iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni, tovarlar va xizmatlarning ijtimoiy zarur maksimal hajmlariga erishishni taqozo etadi. Ayniqsa, ijtimoiy zarur mahsulot (tovar) ishlab chiqarish, uni zarur mik,dorlarda va sifatlarda, tabiatni asrab-avaylab, ekologiyani yaxshilab ishlab chiqarish har qanday Milliy iqtisodiyotning asosiy krnunidir. Milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish va no-ishlab chiqarish sohalari oʻrtasida maqsadga muvofiq nisbati taʼminlanishining , ishlab chiqariladigan mahsulotlarning va koʻrsatiladigan xizmatlarning mumkin qadar ijtimoiy zarur yuqori hajmlarda boʻlishining muhim sharti fantexnika taraqqiyotini tezlashtirish, zamonaviy va samarali texnologiyalarni qoʻllash, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ishlashni xoxlovchi barcha mehnatga qobil kishilarning ish bilan taʼminlanishiga erishishdir. Birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasini intensiv rivojlantirish, mahsulot hajmini, ayniqsa, sof mahsulot hajmini sarf-harajatlarning va aholining

Yüklə 22,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin