1. Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi


Agrosanoat majmuasi potensiali



Yüklə 26,92 Kb.
səhifə3/4
tarix17.10.2023
ölçüsü26,92 Kb.
#156562
1   2   3   4
sanoat majmuasi potensiali

3. Agrosanoat majmuasi potensiali.
Agrosanoat majmuasi potensiali, tushunchasi agrosanoat majmuasi tarkibiga kiruvchi tarmoqlar to‘plamining quvvati, ya‘ni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, mahsulotlarni axoliga va iste‘molchi tarmoqlarga ilmiy asoslangan hajmlarda yetkazib berish va sotishni ifodalaydi.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlari tarkibiga qishloq xo‘jaligi, oziqovqat, go‘sht, sut, mikrobiologiya, un va yem- xashak sanoatlari, traktorchilik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik va yem – xashak mashinasozligi, sanoatning oziq-ovqat soxasi, mineral – o‘gitlar va o‘simliklarni muxofaza qiluvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda savdo tashkilotlari va korxonalari, tayyorlov va iste‘mol shirkatlari kiradi.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, ya‘ni yer, suv va o‘rmon resusrlaridan samarali foydalanish, malakali kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sanoatlashtirish mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi.
Agrosanoat majmuasining mavjud potensialidan samrali foydalanish uchun boshqaruvning yangi usullarini ishlab chiqish hamda xalq xo‘jaligining ichki sohalari bo‘lgan iste‘mol mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, qayta tayyorlaydigan va yetkazib beradigan sohalari rejalashtirish zarur.
Agrosanoat majmuasi rivojlanishini muhim darajada jadallashtirish yer, suv va o‘rmon resurslari potensialidan samarali ravishda foydalanishga bogliq. Lekin bu jarayonda iqtisodiy tomondan juda muhim bulgan masala yotadi, ya‘ni o‘rab turgan tabiatni saqlash, suv resusrlaridan oqilona foydalanish, ular ifloslanishi va tugashining oldini olish zarur.
4.Ijtimoiy rivojlanish potensiali.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali o‘z ichiga noishlab chiqarish tarmoqlariga mansub har xil turdagi ijtimoiy faoliyat, bino va qurollanish, ishchilarning u yoki bu ma‘muriy-iqtisodiy ob‘ekt aholisi hayot faoliyatini ta‘minlovchi korxona va muassasalar yig‗indisini qamrab oladi.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchilarning, oila va maishiy, madaniy, ijtimoiy, siyosiy hayot sohalarida band bo‘lganlarning samarali turmush foaliyatini ta‘minlaydigan ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy rivojlanish potensialining tarkibiga shunaqa tarmoqlar potensiali kiradiki, bular sogliqni saqlash, madaniyat va san‘at, sport, turizm, umumiy va kasbiy ta‘lim, kadrlar tayyorlash, xizmatlar sohasi va boshqalar. Ijtimoiy infratuzilmaning xarakterli belgilaridan biri uning moddiy mahsulot va mamlakat milliy daromadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari ishi samarasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishi hisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanish potensiali mehnat va moddiy reusurlar hajmi, kadrlar, muhandis, texnik va xizmatchilarning kasbiy tayyorgarlik sifati hamda xalqning farovonlik darajasi bilan belgilanadi.

Yüklə 26,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin