Sanoat majmuasi potensiali.
Reja:
1. Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi. 2. Ilmiy-texnikaviy va sanoat – ishlab chiqarish potensiali. 3. Agrosanoat majmuasi potensiali. 4.Ijtimoiy rivojlanish potensiali.
1. Iqtisodiy potensial tushunchasi va uning tarkibi. «Potensial» atamasi lotincha so‘z bo‘lib «kuch» ma‘nosini bildiradi. Hozirgi vaziyatda u biron maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan manbalar, qulayliklar, vaziyatlar, zaxiralar ma‘nosini ifodalaydi. Bu yerda davlatning maqsadlari orqali xalqning yuqori moddiy va madaniy turmush darajasiga erishish masalalari ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy potensial deganda xalq xo‘jaligidagi sanoat tarmogining jami ishlab chiqarish imkoniyati, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari, kapital qurilishlarini amalga oshirish, yuk tashish, aholiga xizmat ko‘rsatish va boshqalar tushuniladi.
Iqtisodiy potensialni belgilovchi asosiy omillar bo‘lib mavjud mehnat resurslari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilishning ishlab chiqarish kuchi, mamlakat transport tizimining rivoji, ijtimoiy infratuzilma, ilmiy-tehnikaviy taraqqiyot yutuqlari hisoblanadi. Iqtisodiy bilimlarda iqtisodiy potensialni baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: mehnat resurslari hajmi, asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, yalpi ijtimoiy fondlar, yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, ishlab chiqarish kuchlari hajmi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi hajmi, qishloq mahsulotlari hajmi, ijtimoiy mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mutlaq o‘sishi, energetika, suv hajmi yana bir qator ko‘rsatkichlar.. Mamlakatning iqtisodiy potensiali o‘zaro bog‗liq potensiallar bilan xarakterlanadi: ilmiy-texnikaviy, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar, bulardan har biri xalq xo‘jaligida sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladigan sohalar yig‗indisi bilan belgilanadi. Iqtisodiy potensial iqtisodiy tarmoqlarning mutlaq ishlab chiqarish qobilyatiga va ulardan foydalanish darajasiga bog‗liq. Rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va kapital boyligi ko‘p bo‘lgan katta davlatlar yuqori darajali iqtisodiy potensialga ega.