1. Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]



Yüklə 476,75 Kb.
səhifə18/33
tarix09.06.2023
ölçüsü476,75 Kb.
#127341
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

9-maqsad. Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish.

9.1-vazifa. Iqtisodiy rivojlanish va odamlar farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sifatli, ishonchli, barqaror va chidamli infratuzilmani, shu jumladan, hududiy va transchegaraviy infratuzilmani rivojlantirish, bunda barcha uchun arzon va teng huquqli foydalanishni ta’minlash.

Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘ztransgaz” AJ

Iqtisodiy farovonlik

9.2-vazifa. Umumqamrovli va barqaror sanoatlashuvga ko‘maklashish va ishlov beruvchi tarmoqlarning jadal rivojlanishi, resurs tejovchi va ekologik xavfsiz texnologiyalarni keng qo‘llash orqali mavjud korxonalarni modernizatsiyalash hamda yangilarini tashkil etish yo‘li bilan 2030-yilgacha sanoat ishlab chiqarishining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 40 foizga yetkazish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zto‘kimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, xo‘jalik jamiyatlari

Iqtisodiy farovonlik

9.3-vazifa. Mayda sanoat korxonalari va kichik korxonalarning moliyaviy xizmatlardan, shu jumladan, arzon kreditlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish-sotish bosqichlarida qo‘shilgan qiymatni hosil qilish va bozorlarga integratsiyalashuvni kuchaytirish.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy bank (kelishuv asosida), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

Iqtisodiy farovonlik


Yüklə 476,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin