2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
1-maqsad. Barcha joylarda aholining kam ta’minlanganlik darajasini pasaytirish.
1.1-vazifa.2030-yilgacha mamlakatda kambag‘allik darajasini ikki baravarga qisqartirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank (kelishuv asosida), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
1.2-vazifa.2030-yilgacha kam ta’minlangan erkaklar, xotin-qizlar va barcha yoshdagi bolalarning ulushini kam ta’minlanishning barcha ko‘rinishlarida ikki baravarga qisqartirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy bank (kelishuv asosida), Yoshlar ishlari agentligi
1.3-vazifa.Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilliligi va samaradorligini kuchaytirish, ijtimoiy himoya qilish xizmatlari sifatini oshirish, ijtimoiy himoya qilish choralari doirasiga muhtojlarning barchasi to‘liq qamrab olinishiga erishish.
Moliya vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Markaziy bank (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari