2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
1.b-vazifa. Aholining kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha tadbirlarga tezkor sarmoya kiritilishiga ko‘maklashish uchun kam ta’minlangan fuqarolarning manfaatlari hamda gender jihatlarni inobatga oladigan rivojlanish, monitoring va baholashni strategik prognozlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (kelishuv asosida)
Ijtimoiy himoya
2-maqsad. Oziq-ovqat xavfsi?ligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.
2.1-vazifa. 2030-yilgacha zarur hajmda ovqatlanishning yuqori sifati va balanslashganligini ta’minlash hamda aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, go‘daklar bilan bir qatorda, ijtimoiy zaif kishilarning hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan yil bo‘yi to‘liq foydalanishlariga erishish.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Ijtimoiy himoya,
Sog‘liqni saqlash
2.2-vazifa.2030-yilgacha to‘yib ovqat yemaslikning barcha shakllariga barham berish, jumladan, 2025-yilgacha besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘sishi va vaznidagi kechikishga qarshi kurashishga oid xalqaro darajada kelishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hamda o‘smir qizlar, homilador va emizuvchi ayollar, keksa odamlarning ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari