1. Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]



Yüklə 476,75 Kb.
səhifə1/33
tarix09.06.2023
ölçüsü476,75 Kb.
#127341
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
2030-YILGACHA BO‘LGAN DAVRDA BARQAROR RIVOJLANISH SOHASIDAGI MILLIY MAQSAD VA VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISHNI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish hamda milliy barqaror rivojlanish maqsadlarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning sifatli bajarilishi, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar (keyingi o‘rinlarda — Milliy maqsad va vazifalar) 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga samarali erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq;
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda tarmoqlararo muvofiqlashtirish va integratsiyalashgan yondashuvni ta’minlash maqsadida ekspert guruhlarining (keyingi o‘rinlarda — Ekspert guruhlari) yangilangan tarkibi 4 — 9-ilovalarga muvofiq;
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha idoralararo ishchi guruhning (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo ishchi guruh) yangilangan tarkibi 10-ilovaga muvofiq;
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Moliyalashtirish bo‘yicha ishchi guruh) tarkibi 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga (keyingi o‘rinlarda — MBRM) erishish borasida quyidagilar:
a) Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
MBRM amalga oshirilishining monitoringini yuritish;
tarmoqlararo muvofiqlashtirish va MBRMni amalga oshirishda kompleks yondashuvni ta’minlash;
har bir MBRM bo‘yicha tegishli takliflar va tahliliy materiallarni tayyorlash;
MBRM ko‘rsatkichlarini mavjud strategiya va dasturlar bilan taqqoslab, xatlovdan o‘tkazish;
qamrab olinmagan MBRM ko‘rsatkichlarini yangi yoki mavjud strategiya va dasturlarga qo‘shish bo‘yicha aniq hamda qisqa harakatlar rejalarini ishlab chiqish;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yildan boshlab har yili keyingi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat dasturlari, rivojlanish strategiyalari va konsepsiyalarining har bir maqsad bo‘yicha muvofiqligini baholash va MBRMga ta’sirini iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazish hamda qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash;
har bir MBRM bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi ishlab chiqilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Ixtiyoriy milliy hisoboti va tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishini muvofiqlashtirish;
Chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
har yili kelgusi yilning 1-fevraliga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga yil yakuni bo‘yicha MBRM borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot taqdim etilishini ta’minlash;
b) Idoralararo ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Barqaror rivojlanish maqsadlarining global ko‘rsatkichlari asosida MBRM ko‘rsatkichlari tizimini doimiy yangilab borish va uning metodologiyasini shakllantirish;
ko‘rsatkichlarni to‘plash bo‘yicha vazifalarni Davlat statistika ishlari dasturiga kiritib borish, ko‘rsatkichlarni doimiy asosda to‘plash va MBRM veb-portalida (www.nsdg.stat.uz) e’lon qilib borish;
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha 2022 — 2026 va 2030-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etish;
Barqaror rivojlanish maqsadlari global reytingini ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadigan reyting natijalari asosida ushbu prognoz ko‘rsatkichlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash tavsiyasiga ko‘ra qayta ko‘rib chiqish, zarur hollarda ularga asoslangan o‘zgartirishlar kiritish;
xalqaro taqqoslama so‘rovnomalarda ishtirok etish choralarini ko‘rish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari global reytingini ishlab chiquvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;
doimiy ravishda MBRM ko‘rsatkichlarini to‘plash va monitoringini yuritish orqali Muvofiqlashtiruvchi kengashga har yili dekabr oyida monitoring natijalariga ko‘ra ma’lumotlarni kiritish;
v) Moliyalashtirish bo‘yicha ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
o‘rta muddatli budjetni shakllantirish, takomillashtirish va daromadlarni o‘zida qamrab olgan MBRMni moliyalashtirish milliy strategiyasi ishlab chiqilishini hamda ushbu strategiyani ta’minlash va joriy etish uchun zarur bo‘lgan vositalar, shu jumladan, moliyalashtirishning doimiy monitoringi yuritilishini ta’minlash;
moliyalashtirish milliy strategiyasining monitoringi natijalariga asosan Muvofiqlashtiruvchi kengashga hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga bu borada amalga oshirilgan ishlar hamda ularning natijalari bo‘yicha har yarim yillikda hisobotlar va ma’lumotlarni taqdim etish;
MBRMni moliyalashtirishga qaratilgan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni doimiy monitoringini yuritish;
MBRMni moliyalashtirish manbalarini oshirish va qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish va jalb qilish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Jahon banki, BMT Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar ko‘magida MBRMni davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish choralarini ishlab chiqish hamda tatbiq etish.
g) Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ekspert guruhlari va Idoralararo ishchi guruhning samarali faoliyatini tashkil etish, MBRMga erishishda sektorlararo muvofiqlashtirishni, uyg‘unlashgan yondashuv va monitoringni ta’minlash;
Milliy maqsad va vazifalarning tarmoq, mintaqa va maqsadli rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarga kiritilishini ta’minlash;
Ekspert guruhlari va Idoralararo ishchi guruh bilan birgalikda vazirlik hamda idoralarga yuklangan har bir ko‘rsatkich bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadli parametrlarni tasdiqlash;
har bir maqsad bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarning MBRMni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish, erishilgan ijobiy natijalarga ko‘ra rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun jazo choralarini ko‘rish;
MBRMni moliyalashtirishga qaratilgan milliy siyosatni muvofiqlashtirish va doimiy nazoratni ta’minlash;
BMT va uning tashkilotlari bilan birgalikda parlamentlar, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yig‘ilishlar tashkil qilish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi funksiyasi yuklansin hamda unga quyidagi huquqlar berilsin:
Milliy maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan Milliy maqsad va vazifalarning zarur darajada amalga oshirilishini ta’minlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish va hal qilish uchun tegishli mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlarni, shuningdek, ilmiy tashkilotlarni jalb qilish.
4. Belgilansinki:
Muvofiqlashtiruvchi kengash BMTning 2021 — 2025-yillarda O‘zbekiston uchun barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida hamkorlik bo‘yicha hadli dasturini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Muvofiqlashtiruvchi kengash vazifasini bajaradi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash zarur hollarda vazirliklar, idoralar va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini ish jarayoniga jalb qiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 12-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-fevral,
83-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qaroriga
1-ILOVA
2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar
Oldingi tahrirga qarang.


Yüklə 476,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin