Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqansh jarayonida, avvalombor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlashi mumkin.
Huquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo‘jalik yuritish huquqi berilishi va davlat chiqarish sohalariga yangi ishbilamionlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo‘lib qolmay, balki o‘rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylaslitirish siyosati mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urfodatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo‘nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va aksionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma‘lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga putur yetkazmasligi, shu bilan birga iste‘molchilar manfaatlariga ham zid bo‘lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga bozorda narxlarning pasayishiga erishish yo‘li bilan aholining moddiy farovonligning oshishiga erishish talab etiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiyiashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e‘tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiyiashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo, mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.
Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Dostları ilə paylaş: |