Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulot.
Topshiriq 1. Mavzu bo`yicha savollarga javob bering.
1. 1shlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalarini tushuntirib bering.
2. Yaratilgan mahsulotning natural va qiymat tarkibi nimalardan iborat?
3. Zaruriy va qo‘shimcha mahsuiot nima, qo‘shimcha mahsuiot normasi va massasi formulasini yozib tushuntiring.
4. Qo‘shilgan mehnat, qo‘shilgan kapital va qo‘shilgan mahsuiot tushunchalarini
izohlab bering.
5. So‘nggi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib boorish qonunining mohiyati nima ва u hozirgi davrda amal qiladimi?
6. Samaradorlik deb nimaga aytiladi?
7. Mehnat ununmdorligi qanday aniqlanadi?
8. Mehnat unumdorligini oshirish uchun nimalar qilish kerak?
9. Ishlab chiqarish egri chizig`i nimani ko`rsatadi?
Topshiriq 2. Iqtisodiy tushuncha va talqinlar o`rtasida to`g`ri moslikni o`rnating. Asosiy tushunchalar: 1. O‘rtacha mahsulot
2. Ishlab chiqarish funktsiyasi
3. Iqtisodiy samaradorlik
4. Sof mahsulot
5. Tanlovning muqobil qiymati
6. Mеhnat unumdorligi
7. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi
8. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i
Talqinlar
a) Ishlab chiqarish omillarining har qanday to’plami bilan shu omillar yordamida
maksimal imkoniyat darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bog’lanishni
ifodalovchi funktsiya;
b) Ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot (TR)ning o’zgaruvchi ishlab chiqarish
omillariga nisbatini ifodalaydi. Masalan, AR=TR/ L
c) tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyat ichidan tanlovchi uchun eng
katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi imkoniyat;
d) mavjud resurslardan to‘la foydalanish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi;
e) mavjud iqtisodiy resurslardan to‘la foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish;
f) jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri kеladigan mahsulot hajmi;
g) yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chеgirib tashlangandan qolgan qismi;
h) ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati.