1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə23/51
tarix19.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#186596
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Amaliy mashg`ulot №1

Topshiriq 3.
1. Jadvalda O‘zbekiston Respublikasining YaIM dinamikasi (mlrd.so‘m) hisobida berilgan.
Aniqlansin:
a) Yilma yil o‘sish dinamikasini qiymat shaklida
b) Yilma yil o‘sish dinamikasini foiz shaklida
c) 2011 yilga nisbatan o‘sish dinamikasini



2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

96949,6

120242,0

144548,3

177153,9

210183,1

242495,5

302536,8

406648,5

511838,1

Topshiriq 4.
1. Jadvalda O‘zbekiston Respublikasining sanoat tovarlarini ishlab chiqarish dinamikasi (mlrd.so‘m) hisobida berilgan.
Aniqlansin:
a) Yilma yil o‘sish dinamikasini qiymat shaklida
b) Yilma yil o‘sish dinamikasini foiz shaklida



2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

47587,1

57552,5

70634,8

84011,6

97598,2

111869,4

148816,0

235340,7

322535,8

Topshiriq 5.
1. Jadvalda O‘zbekiston respublikasining iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish dina-mikasi (mlrd.so‘m) hisobida berilgan.
Aniqlansin:
a) Yilma yil o‘sish dinamikasini qiymat shaklida
b) Yilma yil o‘sish dinamikasini foiz shaklida



2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

18336,4

21527,8

28614,1

33868,5

42085,5

48253,8

59690,4

83512,6

110321,0





Topshiriq 6.
1. Korxona joriy yilda 146 mln so‘m xarajat qilib 36 mln so‘m foyda ko‘rgan. Ma’lumotlarga asoslanib korxonaning ishlab chiqarish samaradorligini aniqlang.
Topshiriq 7.
1. Firmaning kapitali 650 mln so‘mni tashkil etadi. Joriy davrda firmaning yalpi daromadi 280 mln so‘mga yetdi. Ma’lumotlarga asoslanib firmaning kapital samaradorligini aniqlang.
Topshiriq 8.
Hisobot davrida 2500 ming $ miqdorida mahsulot ishlab chiqarilgan. Rejalashtirish davrida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 6 foizga oshishi kerak. Ishchilar soni 1350 kishini tashkil etib, ularning soni o'zgarishsiz qoladi. Rejalashtirish davrida mehnat unumdorligi ko'rsatkichi necha foizga o'zgaradi?
Topshiriq 9.
Mehnat unumdorligi ko'rsatkichlarini aniqlang: o'rtacha yillik, o'rtacha kunlik va o'rtacha soatlik. Agar yiliga 100000 ming so`m miqdorida mahsulot ishlab chiqarilgan bo'lsa, ishchilarning o'rtacha soni 380 kishi, yiliga ish kunlari soni 204, ish kunining davomiyligi 8 soat.


Topshiriq 10.
Brinchi ishchi 1 soat ichida 15 ta dona detal ishlab chiqaradi, ikkinchi ishchi esa 10 dona. 200 detal ishlab chiqarish uchun ikki nafar ishchiga qancha vaqt talab etiladi? Aniqlangan vaqt hajmi mehnat kodeksiga zid emasmi?


Topshiriq 11.
Avtomobil zavodida 20 ta Nexsiya avtomobili ishlab chiqarilgan. Umumiy ishlab chiqarish vaqti (ishlab chiqarish tsikli) 50 kunni tashkil etdi. Avtomobil ishlab chiqarish bilan 15 nafar xodim shug'ullangan. Ishchilarning mehnat unumdorligini hisoblang.


Topshiriq 12.
1. Zahro opasi va singlisi Adiba bilan kichik korxona ochdi. Zahro bir yilda 400 ta qizlar ko‘ylagi yoki 450 ta erkaklar ko‘ylagi tika oladi. Opasi esa 350 ta qizlar ko‘ylagi yoki 400 ta erkaklar ko‘ylagi tika oladi. Singlisi esa 300 ta qizlar ko‘ylagi yoki 350 ta erkaklar ko‘ylagi tika oladi.
Oilaviy kichik korxonaning ishlab chiqarish imkonini hisoblang va uni grafikda tasvirlang.


Topshiriq 13.
1. Uch opa-singil oilaviy kichik korxona tashkil qilishdi. Korxonada jun va aralash iplardan bolalar uchun paypoq, nimcha to‘qiladi. Opa-singillarning kattasi yil davomida 500 dona nimcha yoki 600 juft paypoq, ikkinchi singil esa 420 ta nimcha yoki 700 juft paypoq, uchinchi singil 300 ta nimcha yoki 600 juft paypoq to‘qiy oladi. Oilaning ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ini chizing.


Topshiriq 14.
1.Ota, qiz va o‘g‘il hovliga qulupnay terish va o‘toq qilish uchun kelishdi. Uchastkada 6 soat ishlashlari mumkin. Ota soatiga 1 chelak, qiz ikki chelak, o‘g‘li 0,5 chelak qulupnay teradi. Qiz o‘toqni 2 soatda, o‘g‘il 7 soatda, otasi 6 soatda bajaradi. Oilada ishni qanday taqsimlash kerakki, o‘toq qilib bo‘lib, eng ko‘p miqdorda qulupnay terishsin.


Topshiriq 15.
Respublikamizda avtomobil va traktor ishlab chiqariladi va u quyidagi jadvalda ifodalangan:

Traktor

5

4

3

2

1

0

Avtomobil

0

7

13

18

22

25

Muqobil (alternativ) xarajatlarni aniqlang.


a) qo‘shimcha avtomobil ishlab chiqarish uchun;
b) qo‘shimcha bitta traktor ishlab chiqarish uchun.
Topshiriq 16.
1.Mamlakatda ikki xil A va B turdagi tovar ishlab chiqariladi deylik. Ularning imkoniyati chegarasi quyidagi jadval ma’lumotlarida ko‘rsatilgan.



Mahsulot turlari

A

B

C

D

A tovar (dona)

0

1

2

3

B tovar (dona)

12

10

6

0

a) Jadval ma’lumotlari asosida ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ini grafikda tasvirlang.


b) A tovarning B tovarda ifodalangan muqobil qiymatini hisoblang.
c) B tovarning A tovardagi muqobil qiymati: o‘suvchi, pasayuvchi yoki doimiymi? A tovarning B tovardagi muqobil qiymatini, ko‘rsating.
d) Agarda muqobil qiymat doimiy bo‘lsa, imkoniyat egri chizig‘i qanday shaklda bo‘ladi? Jadval va grafikda tasvirlang.
Topshiriq 17.
10 ta stol ishlab chiqarishning alternativ qiymati 5 ta shkafga teng, maksimal 40 dona stol ishlab chiqarish imkoniyatga ega. Duradgor 3 ta shkaf yasashi kerak, bunda stol ishlab chiqarishning maksimal hajmi qancha bo'ladi.


Topshiriq 18.
Rasmda ishlab chiqarish imkoniyatlarining chizig‘i tasvirlangan. Biz «C» nuqtada turibmiz deb faraz qilaylik. Bu nuqta nimani anglatadi. «H» nuqtaga o‘tish qanday o‘zgarishlarga olib keladi? «C» nuqtaga qaytish yo‘lining qanday imkoniyatlari bor? «M» nuqta nimani anglatadi?

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin