Quyidagi keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilib aytingchi, amalga oshirilgan faoliyat tufayli «mulk huquqi» dastasining qaysi bir elementi realizatsiya qilinadi?
Quyidagi keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilib aytingchi, amalga oshirilgan faoliyat tufayli «mulk huquqi» dastasining qaysi bir elementi realizatsiya qilinadi? a) Fermer yer uchastkasini ijaraga oldi, unda bug’doy yetishtirib, davlatga sotdi.
b) Erkinjon “Neksiya” avtomobilini sotib oldi va unda dala hovlisiga qatnab turibdi.
c) Korxona o’zining tsexi binosini boshqa firmaga ijaraga berdi.
d) Tadbirkor Odiljon boshqa tadbirkordan uncha katta bo’lmagan ikkita xonani sotib oldi. Bitta xonani buzib, ikkinchisini kengaytirib, ta’mirladi.
e) Xo’jalik sudi tadbirkor Raximovdan ishlatib turgan uskunasini qarzini to’lamagani uchun, qarz evaziga olib qo’yishga qaror qildi.
f) Fuqaro Akbarova o’zi yashab turgan uyini o’g’illariga vasiyat qildi.
g) Davlat korxonasi birovning bog’idan avtomobil yo’li o’tkazdi. Bunda uning egasiga qirqilgan daraxtlar uchun kompensatsiya to’lanmadi.
h) Avtomobilning egasi undan foydalanmay, avtostoyankaga qo’yib qo’ygan. O’rtoqlari undan avtomobilidan foydalanishga ruxsat so’rashsa bermadi.
i) Uyidagi mulkini o’g’irlab ketishgani uchun fuqaro militsiyaga murojaat qildi.
j) Sud korxonani tozalanmagan oqavasini anhorga tashlagani uchun jarima soldi.
k) Fuqaro mulk qilib olgan yer uchastkasiga ishlov berdi. Kelajakda uni sotmoqchi emas.
Topshiriq 8. Testlar 1. Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi? a) mulkka egalik qilish;
b) mulkdan foydalanish;
c) mulkni tasarruf qilish;
d) iqtisodiy faoliyat natijasini tasarruf qilish;
e) yuqoridagilarning barchasi.
2. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilikning o‘rni qanday? a) boylik manbai;
b) mulkchilik-ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xarakterini belgilaydi;
c) mulkchilik-mulkka egalik munosabatini ifodalaydi;
d)iste’molchi talabini qondirish vazifasini bajaradi;
e) taqsimotning xarakterini belgilaydi.