7. Tovar qiymati qanday mehnat sarflarini ifodalaydi? a) individual;
b) zaruriy;
c) qo‘shimcha;
d) ijtimoiy-zaruriy;
e) umumiy.
8. Natural xo‘jalik nima? Natural xo‘jalik bu... a) odam uchun natural tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish;
b) faqat qo‘l mehnati ishlatiladigan, mashina va moslamalar tatbiq qilinmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilish;
c) fuqaro va firmalarga sotish uchun oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan xo‘jalik;
d) shaxsiy hayot uchun zarur bo‘lgan barcha narsa ishlab chiqarilib, amalda mahsulot ayirboshlash bo‘lmagan xo‘jalik;
e) barcha javoblar to`g`ri.
9. Natural xo‘jalik tovar xo‘jaligidan nimasi bilan farq qiladi? a) natural xo‘jalikda tovar xo‘jaligidan farqli ravishda faqat tabiatdan olinadigan toza mahsulotlar ishlab chiqariladi;
b) tovar xo‘jaliklarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, natural xo‘jaliknikidan farqli ravishda, bozorda ayirboshlash uchun mo‘ljallangandir;
c) tovar xo‘jalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ancha yuqori sifatga ega;
d) natural xo‘jalikda birlik vaqt oralig‘ida, tovar xo‘jaligiga qaraganda, kam mahsulot tayyorlangan;
e) to`g`ri javob yo`q.
10. Nima uchun jahonda aksariyat mahsulot va xizmatlar tovar xo‘jaligida ishlab chiqariladi? a) odamlar ko‘p pul olishga va o‘z mehnatining mahsulini sotishta intiladi;
b) naturalga qaraganda tovar xo‘jaligida mehnat unumdorligi va mahsulot sifati yuqori;
c) xo‘jalik tovar formada tashkil qilish insonga o‘z ixtiyori bo‘yicha foydalanishi mumkin bo‘lgan, ko‘p qo‘shimcha vaqtni taqdim etadi;
d) odamlar ham o‘zlari hoxlaydigan hamma narsani o‘z qo‘llari bilan yaratish lazzatini xis qilishadi;
e) to`g`ri javob yo`q.
11. Tovar xo‘jaligi nima? Tovar xo‘jaligi — bu... a) mukammal mashina va asbob-uskunalar ishlatiladigan xo‘jalik;
b) katta hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi;
c) sotish uchun mahsulot va xizmat ishlab chiqaradigan tashkilot;
d) xo‘jalikning ichki xojatlari uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilot;
e) barcha javoblar to`g`ri.