Topshiriq 13. Testlar
1. Quyidagilardan qaysi biri noiqtisodiy ne’mat hisoblanadi?
a) harbiy kema;
b) teatr, konsert zali;
c) bilim, malaka;
d) quyosh nuri;
e) ko‘prik, yo‘l.
2. Buyuk Aristotel har xil iste’mol qiymatlari, ya’ni tovarlarni ayirboshlash uchun nima bo‘lish kerak deydi:
a) tenglik bo‘lishi, tenglik bo‘lishi uchun esa taqqoslash mumkin bo‘lishi kerak;
b) tovar miqdorini o‘lchashni bilish kerak;
c) har xil tovarlarni ayirboshlash uchun miqdor jihatidan umumiy o‘lchov birligini topish kerak;
d) ayirboshlash uchun narxni adolatli bo‘lishini ta’minlash kerak;
e) tovarlarni ayirboshlash uchun ularning nafliligi tengligini ta’minlash kerak.
3. Qaysi nazariyada tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o‘lchanadi deyiladi?
a) marjinal nazariyasida;
b) klassik nazariyasida;
c) ratsionalistik nazariyasida;
d) institutsional nazariyasida;
e) neoliberalizm nazariyasida.
4. Qaysi nazariyada tovarning qiymati uning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtaiy nazaridan aniqlanadi deyiladi?
a) marjinal nazariyada;
b) klassik nazariyada;
c) ratsionalistik nazariyada;
d) institutsional nazariyada;
e) neoliberalizm nazariyada.
5. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashda quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
a) qonunning amal qilishi qisqa muddatli davrga xos;
b) universal qonun bo‘lib, doimo amal qiladi;
c) amal qilish doirasi cheklangan bo‘lib, shaxsiy ehtiyojni qondiradigan, eng avvalo, kundalik ehtiyojlarni qondiradigan tovar, xizmatlarga tegishliligi;
d) ko‘plab tovarlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi;
e) naflilikni baholovchi yagona o‘lchov, ko‘rsatkich yo‘q.
6. Tovar xo‘jaligining vujudga kelishi va rivojlanish shart sharoitlari nimadan iborat?
a) ijtimoiy mehnat taqsimoti;
b) mulk egalarining alohidalashuvi;
c) mahsulotning ayirboshlash uchun ishlab chiqarilishi;
d) bozorlarning vujudga kelishi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
Dostları ilə paylaş: |