Natural ishlab chiqarish – mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallagan ishlab chiqarish.
Tovar ishlab chiqarish – mahsulotlarni o‘z istе’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqarish.
Tovar– biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan
mahsulot.
Naflilik – tovarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati.
Ijtimoiy zaruriy naflilik – talab miqdoriga mos kеladigan miqdordagi naflilik.
Qiymat – tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mеhnat.
Almashuv qiymati – biror turdagi istе’mol qiymatning boshqa turdagi istе’mol
qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Ijtimoiy zaruriy ish vaqti– muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mеhnat malakasi va jadalligi darajasi o‘rtacha bo‘lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti.
Qiymat qonuni – tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning o‘zi esa ijtimoiy zaruriy mеhnat sarflari orqali o‘lchanishini ifodalovchi sabab-oqibat bog‘liqligi.
Aniq mеhnat– muayyan aniq istе’mol qiymatlarni vujudga kеltiradigan mеhnat.
Abstrakt mеhnat – mеhnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson ishchi
kuchining sarflanishi, ijtimoiy mеhnatning bir qismi.
Mahsulot – mehnat faoliyatining natijasi, mahsuli.
Topshiriq 1. Mulohaza qilib savollarga javob bering 1. Natural ishlab chiqarishga izoh bering
2. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishida qanday ijtimoiyiqtisodiy asos bo‘lgan?
3. Tovarning qanday xossalari bor?
4. Qiymat qonunining amal qilishiga misollar keltiring?
5. O‘zbekistonda rivojlanayotgan tovar-pul munosabatlarini rivojlangan davlatlarda
namoyon bo‘layotgan tovar-pul munosabatlariga qiyoslang.
6. Tovar bilan iqtisodiy ne’matlarning farqi nimada? Javobingizni misollar bilan asoslang.
7. Tovarning xususiyatlaridan qaysi biri asosiy hisoblanadi?
8. Tovar qiymatining miqdoriga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
9. Tovarning nafliligi va aniq mehnat o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
10. Tovarning almashuv qiymati va abstrakt mehnat o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
11. Tovar qiymatining asosini nimalar tashkil etadi?
12. Ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi nima degani?