Topshiriq 2.
1. Mavzu bo‘yicha 15 ta iqtisodiy kategoriyadan iborat krossvord tuzing
Topshiriq 3.
1. Quyidagi sanab o‘tilgan ne’matlardan qaysi birlari iqtisodiy, qaysi birlari noiqtisodiy ne’matlarga ajratiladi?
a) siz nafas olayotgan havo;
b) qishda yoqqan qor, restoran, barlar va boshqalarda ishlatilayotgan muz;
c) qishda ariqlardagi muz;
d) uyingiz yaqinidagi buloq suvi;
e) chinni idishlar tayyorlashda ishlatiladigan tuproq;
f) bog‘ingizda ekilgan daraxt.
Javob bering va uni asoslang.
Topshiriq 4. Natural va tovar xo‘jaliklarining bir-biridan farqlarini anqlang (14 – jadval).
14 – jadval
Natural va tovar xo‘jaliklarining xususiyatlari
Asosiy jihatlar
|
Natural xo‘jalik
|
Tovar xo‘jaligi
|
1. Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish maqsadi
|
|
|
2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniq-lanishi
|
|
|
3. Iste’molchini o‘ziga jalb etish uchun kurash
|
|
|
4. Ishlab chiqarilgan mah-sulotning iste’mol qilini-shi darajasi
|
|
|
5. Ishlab chiqarish jara-yonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari
|
|
|
Topshiriq 5. “Sinkveyn” (5 qator) texnikasidan foydalanib quyidagi kategoriyalarga tavsif bering.
1. Tovar. 2. Qiymat. 3. Naflilik
Maqsad – kategoriyaga xarakteristika berish
“Sinkveyn” texnologiyasi (fr. “cinquains” – besh qator). Sinkveyn besh qatordan iborat umumlashgan ta’riflar majmuidir. Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:
1. Birinchi qatorda bir so’z bilan yoziladi (odatda ot turkumiga oid so’z bilan).
2. Ikkinchi qatorda ikki so’z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki so’z bilan).
3. Uchinchi qatorda ushbu tushuncha bo’yicha xatti-harakatlar (fe`l) uch so’z bilan tavsif etiladi.
4. To’rtinchi qatorda so`zga aloqadorlikni ko’rsatuvchi to’rt so’zdan iborat gap (ibora) yoziladi.
5. Beshinchi qator so`z mohiyatini takrorlovchi bir so’zdan iborat sinonimdir
Amaliyotda sinkveyn:
Murakkab axborotni sintezlash quroli;
Talabalarning tushunchalari zahirasini baholash vositasi;
Ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir.
Topshiriq 6. Masalani ishlang.
Fermer xo‘jaligida jami 5 ga yer maydoni mavjud bo‘lib har bir gektardan 30 s bug‘doy hosil olgan. Fermer xo‘jaligi 10 s bug‘doyni o‘z ehtiyoji uchun, 14 s bug‘doyni chorvachilik uchun zaxira qilib qo‘ygan bo‘lsa, qolgan qismini davlatga sotgan. Bu yerda qancha tovar va qancha mahsulot yaratilgan?
Topshiriq 7.
18 ta qalamning 50 ta daftar tovarlarining almashuv qiymati qanday o‘zgaradi, agar:
a) qalamlar qiymati 2 barobar oshsa?
b) daftarlar qiymati 2 barobar tushsa?
c) qalamlar qiymati 2 marta tushsa va daftarlar qiymati 2 marta oshsa?
Almashuv qiymati nima? Qiymat va almashuv qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiring?
Topshiriq 8.
8 soat davomida ishchi 8 ta mahsulot ishlab chiqaradi.
Agar:
a) mehnat unumdorligi 2 marta oshsa?
b) mehnat unumdorligi 1,5 marta oshsa?
Bir mahsulot va barcha mahsulotlarning qiymati qanday o‘zgaradi?
Topshiriq 9.
Aholining “X” tovarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 3 nafar ishlab chiqaruvchi mehnat qiladi (15 – jadval).
15 – jadval
“X” tovarni ishlab chiqarishga sarflangan vaqt va yaratilgan mahsulot miqdori
Dostları ilə paylaş: |