Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/12
tarix05.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#124981
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iq

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish






Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda AQSH va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi

Toshkent 2013

Mundarija:


Kirish 3
I Bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida monopoliyaning vujudga kelishi va uning rivojlanish bosqichlari 5
1.1. Monopoliya tushunchasi va uning kelib chiqish tarixi 5
1.2. Monopoliya turli ko’rinishlariva ularning bozor iqtisodiyotida tutgan o’rni 6
1.3. Monopol hokimiyat 7
1.4. Antimonopol siyosat 9
II Bob. Monopoliyaga qarshi kurashishda AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlarining (Germaniya, Fransiya) tajribasi va uni o’ziga xos ko’rinishlari 13
2.1. Yevropa Ittofoqi (Germaniya, Fransiya misolida) 13
2.2. AQSH antimonopol siyosati 17
2.3. Yevropa Ittifoqi va AQSH antimonopol siyosati va antimonopol qonunchilik tizimining qiyosiy tahlili 20
3.1. O’zbekistonda monopoliyani cheklash tizimini takomillashtirishningmuhim huquqiy va iqtisodiy asoslari 24
3.2. Monopoliyaga qarshi va raqobat siyosatini takomillashtirish. 26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 29



Kirish


Respublikamiz iqtisodiyotini erkinlashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotda yakka hukmronlik mavqeiga ega bo’lgan monopoliya sohalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, mazkur sohalarning o’z ustunligini suiste’mol qilish holatlariga yo’l qo’ymaslik va erkin fuqarolik jamiyatini qurishda - iqtisodiy barqarorlikka erishishning dolzarb sohasiga aylanib qolmoqda. Monopol bozorlarning vujudga kelishi firmalar o’rtasida raqobatning yo’qolishiga, ya’ni ishlab chiqarishda samaradorlikning pasayishiga, mahsulot sifatining tushushiga ammo narxning turli darajada ko’tarilishiga, ya’ni jamiyat farovonligini tushurishini nazarda tutadigan bo’lsak, unga qarshi davlat boshqaruvining o’rnatilishi mamlakat iqtisodiyotida naqadar dolzarb ahamiyat kasb etishi anglab yetiladi.
Ushbu mavzuni kurs ishimda yoritishimning asosiy maqsadlaridan biri AQSH va Yevropa Ittifoqi davlatlarida antimonopol siyosat va qonunchilik tizimini qiyoslash yordamida tahlil qilish va bu sohadagi erishilgan tajribalar haqida ma’lumot berishdan iborat. Bu maqsadga quyidagi vazifalar yordamida erishmoqchiman:
Monopol bozorlarning vujudga kelish sabablari bilan yaqindan tanishish, uning turli ko’rinishlari va ularning bozor iqtisodiyoti sharoitida tutgan o’rni haqida ma’lumot berish, monopol hokimiyat va uni belgilab beruvchi ko’rsatkichlarni grafiklar yordamida yoritib, tushuntirib berish;
Monopol bozorlarning salbiy va ijobiy jihatlari ya’ni ularning jamiyat farovonligida tutgan ahamiyati haqida ma’lumot berish;
Monopol bozorlarni aholi yashash darajasiga o’tkazayotgan ta’sir darajasiga mos ravishda unga qarshi davlat tomonidan turli chora-tadbirlarning olib borilishi, ya’ni monopol sanoatni raqobatbardosh qilish, monopoliya xatti-harakatini nazorat qilish va boshqarish, xususiy monopoliyalarni davlat tassarufiga o’tkazish, hech qanday chora ko’ramaslik kabilarni yoritib berish;
Monopol bozorlarni boshqarishda ya’ni davlat tomonidan olib borilayotgan siyosatlarni o’tkazishda rivojlangan davlatlar (AQSH va YeI) tajribasini o’rganish, ya’ni bu ular o’rtasidagi o’xshashliklar yoki farqliklarni qiyoslash yordamida tahlil qilish va ularning monopoliyaga qarshi kurashishda erishgan yutuq va mavjud kamchiliklarini grafiklarda aks ettirish;
O’zbekiston antimonopol siyosatining o’ziga xosligi, ushbu sohada erishilgan yutuqlar va bunda O’zbekiston antimonopol qonunchilik tizimining tutgan o’rni, mavjud kamchiliklar hamda uni yanada takomillashtish, isloh qilishda olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berishga harakat qildim.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin