Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013


I Bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida monopoliyaning vujudga kelishi va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/12
tarix05.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#124981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iq

I Bob. Bozor iqtisodiyoti sharoitida monopoliyaning vujudga kelishi va uning rivojlanish bosqichlari

1.1. Monopoliya tushunchasi va uning kelib chiqish tarixi


Monopoliyani davlat , korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday hukmronlik holati deb ta’riflashimiz mumkin. Bu ta’riflardagi monopoliyaning “mutlaq huquq” yoki “har qanday yoki yakka hukmronlik holati” kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o’rinli deb hisoblaymiz: monopoliya - monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit iqtisodiyotning ma’lum bir sohasi ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Manba: N. Grigory Mankiw “Principles of Microeconomics
Taqmoqda monopol bo’lish deganda:
1) firma o’rinbosarlik xususiyatiga ega bo’lmaganmasulot ishlab chiqarsa;
2) taqmoqda yagona ishlab chiqaruvchi hisoblansa hamda bu taqmoqqa kirishda katta to’siqlarning mavjudligi.
Firmaning monopollikka erishuvi uning asosiy resursga egalik qilishidan kelib chiqishi mumkin.Masalan kichik bir shahardagi suv bozorini olaylik.Agar unda suv taqchil bo’lib, faqat bir zaxiraga suyanib qolgan bo’lsalar, ana o’sha ta’minotchi bunda monopol hisoblanishi mumkin.Yoki davlat ham uning payo bo’lishiga zamin yaratishi mumkin. Yozuvchi ayol o’z asarini yozib tugatsa,mualliflik huquqini davlatdan talab qiladi va bu unga kitobni bosib chiqarishni uning ruxsatisiz amalga oshmasligini tasdiqlaydi. Farmasevtika sohasida yangi dori ixtiro qilinishi bilanoq davlatdan patent olinadi va bu ularga dorini 20 davomida faqat o’zlari sotishlarini ta’minlaydi.Albatta bu soha rivoji uchun yoki yaxshi asarlar yaratilishiga xizmat qiladi.Ayrim qirolliklarda qirollar o’zlariga yaqin odami yoki qarindoshiga ham biror sohani monopol sifatida berishi mumkin. Ba’zan bozorda bir firmaning bo’lishi ikki yoki uchta firmaga qaraganda mahsulot narxining azronroq bo’lishiga sabab bo’ladi va bu turga tabiiy monopoliya deyiladi. Masalan yuqoridagi suv ta’minotini oladigan bo’lsak, unda bir firmaning mavjud bo’lishi suv yetkazishning nisbatan arzonroq bo’lishini ta’minlaydi. Agar ikkinchisi paydo bo’lsa ular o’rtasida ko’proq mijoz ortirishga bo’lgan raqobat tarmoqlarning ko’payib ketishi va aralashib, murakkablashiga oxir-oqibat ATC ning oshib ketishiga sabab bo’ladi. Lekin ko’p hollarda tabiiy monopoliyada firma yangi raqobatchilarining uning qudratiga ta’sir etayotganliklaridan emas, balki resurs hukmronligiga yakka o’zi ega bo’lmayotganidan yoki davlat muhofazasini yo’qotishidan xavotirga tushadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin