Monopol bozorlarning vujudga kelishi va ularga qarshi kurashishda aqsh va Yevropa Ittifoqi (Germaniya, Fransiya misolida) davlatlarining tajribasi Toshkent 2013



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/12
tarix05.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#124981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iq

2.2. AQSH antimonopol siyosati


AQSH antimonopol siyosatining maqsadi iqtisodiy agentliklarning u yoki bu amaliyotlarini u qanchalik raqobatni rivojlantirishga qodir ekanligidan kelib chiqib qo’llashdan iborat. AQSHda davlatning monopol faoliyat ustidan nazoratini Adliya Ministrligining maxsus bo’limi (Antitrest department) tomonidan olib boradi va u o’z vakolati doirasida Trestga qarshi qonunchilikni buzgan shaxsga nisbatan sud ishlarini qo’zg’aydi. Trestga qarshi qonunchilik tizimi ustidan davlat nazoratini nafaqat Adliya Ministrligi, balki Federal savdo komissiyasi ham olib boradi.Shuni ham qayd etib o’tish kerakki, bu chora-tadbirlarni amalga oshirish yuki ko’proq federal sudlar, ya’ni AQSH Oliy sudi zimmasiga tushadi.AQSHda monopoliya faoliyati ustidan davlat nazorati olib borilishini 5 yo’nalishda ko’rish mumkin.Birinchidan, monopoliyalarning daromadiga katta soliq o’rnatiladi.Ikkinchidan, narx ustidan nazorat o’rnatiladi (inflatsiyani me’yorda tutish uchun).Uchinchidan, davlat mulkchiligi monopliyaga o’rnatiladi. To’rtinchidan, sanoatning davlat boshqaruvida bo’lishi uning boshqaruv organlari tomonidan qanday miqdor va narx o’rnatilishini nazorat qilish imkonini beradi. Beshinchidan, davlat trestlarga qarshi alohida maxsus choralar ko’radi.
AQSH tomonidan qabul qilingan asosiy qonuniy hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Sherman Akti (1890) trestlarga, shtatlararo savdoning monopollashuviga qarshi chiqdi. Firmaning raqobatga zid faoliyati aniqlansa, u jiddiy jinoyat sifatida izohlanadi va 3 yillik qamoq jazosi yoki kompaniyaga 1 mln dollar hisobida jarima yoki shaxs o’ziga 100 ming dollargacha to’lash bilan yoki kompaniyani bo’lib yuborish bilan chora ko’riladi. Keyinchalik bu Akt Kleyton Akti bilan to’ldirildi.
Kleyton Akti(1914) quyidagilarga asosan e’tiborini qaratdi: birinchidan, antimonopol faoliyatdan mehnat sohasi chiqarib tashlandi: ikkinchidan, firma noqonuniy harakatini yanada aniqlashtiruvchi choralar ko’rildi, ya’nikim ayrim mantiqsiz izohlar ehtimolligi kamaytirildi va shundan kelib chiqqan holda sud ishlarida yanglish qarorlarha nuqta qo’yildi. Shu jumladan, 7-paragrafda raqobatlashayotgan firmalar bir birining aksiyasini olishi taqiqlangan va bu raqobatni kuchsizlanishiga olib kelgan holdagina ro’y bergan, 8-paragrafda esa katta kompaniyalarning birlashishi taqiqlangan.
Robinson-Petmen Akti (1936) narx diskriminatsiyasiga qarshi va shavqatsiz narx siyosatiga – raqibini bozordan chiqarish maqsadida narxlarni o’rtacha xarajatlardan ham quyida o’rnatishga bo’lgan harakatga jinoiy javobgarlikni yo’qlaydi. Uning asosiy maqsadi turli tovarlarga chegirma qo’yishga qarshi chiqish edi.AQSH qonunchilik klassifikatsiyasiga ko’ra firmalarning quyidagi raqobatga qarshi faoliyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi turga o’zaro munosabatda bo’lgan firmalarning quyidagi ko’rinishlari kiradi:
1.1. narxlarning gorizontal o’rnatilishi;
1.2. bozor ulushi to’g’risida gorizontal kelishuv;
1.3. guruh bo’lib aloqani uzish ( ikki firmaning guruh bo’lib uchinchi firma bilan uni bozordan chiqarib yuborish maqsadida savdo qilmaslik to’g’risida;
1.4. O’zaro sotish va sotib olish to’g’risida kelishuv;
1.5. cheklangan (erkin emas) savdo;
1.6. Tovar to’g’risida noto’g’ri ma’lumot.
Ikkinchi turga quyidagi harakatlarni kiritish mumkin, ya’ni:
2.1. Vertikal shartnoma asosida narxning nazorat qilinishi;
2.2. Bitta alohida firma tomonidan ta’minlab berilishning rad etilishi;
2.3.Sotish yoki sotib olishda imtiyoziy huquqlarga ega bo’lish. AQSH antimonopoly siyosatining o’ziga xos xususiyatlari odatda quyidagi bosqichdalarda ko’rib chiqiladi:
1) majburiy shartnomalar,
2) birlashish holatlarida(firmalarning)
3) bozor segmantatsiyasi va narx fiksatsiyasi bo’yicha kelishuv, bitimlar
4) allaqachon yuzaga kelgan bozor strukturalariga nisbatan.
Har bir yo’nalish bo’yicha qisqacha to’xtalib o’tamiz.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin