Pul – umumiy ekvivalеnt rolini bajaruvchi maxsus tovar.
Pulning metallistik nazariyasi - pulning qadr-qimmatini oltin va kumushning tabiiy xossalaridan kelib chiqadi deb e`tirof etishgan.
Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir.
Pulning nominalistik nazariyasi – pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar.
Pulning nominal qiymati - bu qayd qilingan miqdor (100, 200, 500 yoki 1000 so‘m)lar bo‘lib, unga narx darajasidagi ro‘y beradigan o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatmaydi, faqat sotib olish layoqati o‘rtishi yoki pasayishi mumkin.
Pulning real qiymati -bu uning xarid qilish layoqati yoki pul birligiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdoridir.
Qiymat o‘lchovi vazifasi – bunda tovar (xizmat)ning almashuv qiymati pul vositasida hisoblanadi va baholanadi. Shuningdek, iqtisodiy resurs sarf- xarajatlari va daromadlarni hisoblashning yagona o‘lchov birligi ham puldir.
Ratsionalistik konsepsiya – pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi.
To‘lov vositasi vazifasi — tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda va turli xil to‘lov majburiyatlari amalga oshirilganda pul bu vazifani bajaradi.
Qiziqarli faktlar
1. 100 000 dollarlik qog'oz pul ilk bor 1934 yili muomalaga chiqarilgan.
2. Amerikada 1 dan 20 dollargacha bo'lgan pullar eng mashhur hisoblanadi.
3. Xitoyda pul ilk marotaba 812 yili zarb etilgan.
4. 1788 yili Oliver Pollok qog'ozdan pul yasashni boshlab bergan.
5. Amerika qog'oz pullariga tirik odamning suratini qo'yish taqiqlangan.
6. Xitoylik bilan tez fursatda tanishib, do'stlashish usuli bu puldir.
7. Shvetsiya kumush tangalari dunyodagi eng og'ir vaznli tangalar hisoblanadi.
8. Misdan yasalgan eng og'ir pul Yekaterina I farmoniga asosan 1725 yili ishlab chiqarilgan. Bu pulning sof vazni 1, 6 kilogrammga teng bo'lgan.
9. Kelt qabilasi a'zosi birovdan qarz olgan payt o'lganidan keyin albatta qaytarishga qasam ichgan.
10. Qadimiy Gretsiyada birovdan qarzi bor odam to qarzini uzmaguncha qarzdorligi aks etgan maxsus tablichkani bo'yniga osib yurgan.
11. 1748 yili Lomonosovga 2 ming rubl miqdorida mukofot puli berishgan. Pullarni uyiga olib ketish uchun u arava yollagan.
12. Peruda qalbaki pul yasash bilan shug'ullanib qamalgan mahbuslar qamoq-xonaning o'zida ham qalbaki pul yasash bilan shug'ullanadi.
13. O'n to'qqizinchi asrda Alyaskada pullar toza charmdan yasalgan.
14. Dunyodagi ilk bankomat 1939 yili paydo bo'lgan.
15. O'n sakkizinchi asrda kvadrat shakldagi tangalar zarb etilgan.
Topshiriq 1. Mulohaza qilib savollarga javob bering.
1. Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini tushuntirib bering.
2. Oltin va qog‘oz pullar o‘rtasidagi umumiylik va farqlarini ko‘rsatib bering: qog‘oz va kredit pullarning qadr-qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?
3. Qog‘oz pullarni muomalaga chiqish sabablari nimada?
4. Pulning paydo bo‘lishini nima taqozo etgan?
5. Pul vazifalarini izohlab bering?
6. O‘zbekistonda rivojlanayotgan tovar-pul munosabatlarini rivojlangan davlatlarda namoyon bo‘layotgan tovar-pul munosabatlariga qiyoslang.
7. Metall pullar haqida nimalar bilasiz, ular qanday paydo bo‘lgan?
8. Tovar pullardan qog‘oz va kredit pulga o‘tishning afzalligi nimada? Tovar pullarga qisman qaytish mumkinmi?
9. Agar muomalada barcha naqd pullar yo‘q bo‘lsa, biz puldan muomala vositasi sifatida foydalanishdan to‘xtaymizmi?
10. Oltin pul xususiyatlaridan qaysi biri qog‘oz pullarga o‘tadi?
11. Hozirgi zamon qog‘oz va kredit pullari tovarmi yoki tovar emasmi?
12. Plastik kartochkalarning afzalligi nimada?
13. Pulning qanday turlari mavjud?