1. iqtisodiyotga kirish


-jadval Diffyerensial renta I ning hosil bo‘lishi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə112/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

9.1.-jadval

Diffyerensial renta I ning hosil bo‘lishi

(shartli ravishda so‘m)

Yer uchast-kasi


Ishlab chiqarish xarajat-lari


O‘rtacha foyda


Normasi

%

Yalpi mahsu-lot (tonna)

Mahsu-lotning indivi-dual qiymati


Ijti-moiy qiymat – bozor narxi


Yalpi sotil-gan mahsu-lot


Dif-fyeren-sial renta I


A

7000

20

20

500

500

10000

-

B

7000

20

25

400

500

12500

2500

V

7000

20

30

300

500

15000

5000

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada yetishtirilgan mahsulot narxida ya’ni 500 so‘mdan sotiladi. Natijada yomon (A) yer uchastkasi o‘zining


yakka ishlab chiqarish harajatlarini qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan mos holda 2500 va 5000 so‘m miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi.


Diffyerensial renta II ekiladigan yer uchastkalariga qo‘shimcha mablag‘ va mehnat sarflash natijasida uning unumdorligini oshirish hisobiga vujudga keladi.
Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat sarf qilish natijasida qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad diffyerensial renta II ni tashkil etadi.


Absolyut renta yollanma ishchilar tomonidan yaratiladigan qo‘shimcha mahsulotning bir qismi bo‘lib yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi mavjudligi sababli yer egasi tomonidan o‘zlashtirib olinadi. Absolyut renta
9.2.-jadval

Diffyerensial renta II ning hosil bo‘lishi

Ishlab chiqarish davri


Ishlab chiqarish xarajat-lari


(so‘m)

Yalpi mahsulot (tonna)


1 tonna mahsu-lotning individual qiymati


(so‘m)

1 tonna mahsu-lotning ijtimoiy qiymati


(so‘m)

Sotilgan mahsulot summasi, so‘m


Qo‘shimcha mahsulot, ya’ni dif-fyerensial renta II, so‘m


Birinchi yil


10000

20

500

500

10000

-

Ikkinchi yil


15000

40

375

500

20000



10000



qishloq xo‘jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi farqqa teng.
Diffyerensial renta va absolyut rentadan tashqari qishloq xo‘jaligida monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Monopol renta bu rentaning o‘ziga xos shakli bo‘lib yerda yetishtirilgan mahsulotning qiymatidan yuqori bo‘lgan monopol narxda mahsulotni sotish evaziga hosil bo‘ladi. Noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (sitrus ekinlari,choy) monopol narxlarda sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasida neoklassik yo‘nalishga mansub iqtisodchi olimlar rentaning mohiyatini tushuntirishda me’yoriy xarajatlar konsepsiyasiga asoslanadilar. Biz P.Samuelson keltirgan misolni ko‘rib chiqamiz.
U rentaning vujudga kelishini yer egasi fyermyer bo‘lganida va yerda ijarachi faoliyat yuritgan holatlarni alohida ko‘rib chiqqan. Xususan, 9.8-rasmda fyermyer yer egasi bo‘lgan holat ko‘rib chiqilgan. Grafikda shuni ko‘rish mumkin fyermyer ( yer egasi) L nuqtagacha ishchilarni o‘z yerida ishlatish uchun yollaydi, ya’ni oxirgi yollangan ishchining yaratgan me’yoriy (qo‘shimcha) mahsulot qiymati, ularga to‘lanadigan ish haqi miqdori bilan tenglashguncha. Barcha ishchilarning ish haqi miqdori OWEL yuza bilan aniqlanadi.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin