O‘rtacha daromad(Do‘) mahsulot birligiga hisoblanadi va u tovar birligini sotishdan olingan tushumni ifodalaydi va quyidagi ifoda orqali hisoblanadi: Do‘ = D / Q = 500000/1000= 500 so‘m
O‘rtacha daromad amalda sotilgan tovar birligining narxiga teng bo‘ladi. D=R.
Me’yoriy (marjinal) daromad qo‘shimcha tovar birligini sotishdan olingan qo‘shimcha daromad. Uni aniqlash uchun tovarlarni sotishdan olingan daromad - pul o‘sishi (ΔD) sotilgan tovarlar miqdorining o‘sishiga (ΔQ) bo‘linadi. Do‘ = ΔD /Δ Q
Masalan: Korxona 1000 dona mahsulotini sotishdan 500 ming so‘m topgan. Keyin qo‘shimcha 200 dona tovarni sotish natijasida uning daromadi 600ming so‘mga yetdi. Shu raqamlarni ifodaga solsak,
Dm= 600-500/ 1200-1000= 100/ 200 =500so‘m
Demak, qo‘shimcha bitta tovarni sotish uchun 500 so‘m bergan. Marjinal daromadning ortishi tovarni qo‘shimcha ravishda ishlab chiqarish, kamayishi esa qisqartirish zarurligini anglatadi. Chunki qo‘shimcha daromad kamayganida qo‘shimcha foyda ham kamayadi. Ishlab chiqarish o‘sib borishi uchun marjinal daromad ortib borishi kyerak.
Firmaning yalpi daromadi uni foyda olib faoliyat yuritishini ta’minlashi zarur. Daromad hisobidan xarajatlar qoplanadi, undan qolgan qismi esa foydani hosil qiladi. Mohiyatan foyda tadbirkorga tegadigan daromad hisoblanadi.
Foyda – kapital va tadbirkorlik faoliyati uchun ular egasiga tegadigan pul mukofotidir. Foydani birinchidan kapital, ikkinchidan esa tadbirkorlik faoliyati birgalikda vujudga keltiradi. Kapital va tadbirkorlik qobiliyati resurs hisoblanganda foyda shakldagi daromadni yarata oladi. Biroq, kapitalning bir qismi qarzga olinganda, daromadning bir qismi foizga aylanadi va pul egasiga tegadi. Bunday holatda ham tadbirkorlik qobiliyati yaratgan foyda olinavyeradi.
Foydani o‘zi ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Me’yoriy foyda tadbirkorlik qobiliyati evaziga olinadi va xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
2.Kapital uchun tegadigan foyda iqtisodiy foyda bo‘lib, daromadning jami harajatlari ortib qolgan qismidir.
Iqtisodiy foydani (F) aniqlash uchun yalpi daromaddan (D) yalpi xarajatlar (W) chegirib tashlanadi F= D-W.
Daromad xarajatlar va foydadan iborat bo‘ladi. Demak, foydaning miqdori bevosita xarajat miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Mukammal bo‘lmagan raqobat sharoitida firma bozorda monopol mavqega ega bo‘lsa (temir yo‘l, gaz, neft tarmoqlari), u tabiiy sharoitlar yaxshi bo‘lgan sharoitda monopol foydani oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish harajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Firmani nisbiy daromad miqdori foyda normasi bilan tavsiflanadi. Foyda normasi – bu foyda miqdorining xarajatlarga nisbatini foizda aks ettiradi, bu ko‘rsatkichni amaliyotda rentabellik ham deyiladi. Rentabellik tadbirkor faoliyati, unga qilingan sarfga nisbatan naqadar foyda keltirishi bo‘lib, uning samaradorligini bildiradi.
Bu foydalilikning nisbiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Chunki, foydaliylikning mutloq ko‘rsatkichi (foyda massasi) yalpi foyda miqdori hisoblanadi.
Ishlab chiqarish rentabelligi (Rq) quyidagicha hisoblanadi; Korxona ixtiyoridagi asosiy kapital (Kas) va aylanma kapital qiymati (Kau), korxona olgan foyda (F) bilan solishtiriladi.
F
Rq= -------------- * 100%
Kas + Kau
Mahsulot rentabelligi bu korxonada u yoki bu mahsulot turini ishlab chiqarish korxona uchun naqadar foydali ekanligini bildiradi. Uni ( Rm) aniqlash uchun muayyan mahsulot sotishdan tekkan sof foyda (Fs) shu mahsulotni sotishdan kelgan tushum (Dm) bilan qiyoslanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga yerishish mumkin.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.