Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Iqtisodiy resurslarga talabni shakllanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
2. Ishlab chiqaruvchilar va firmalar tomonidan taqdim etiladigan resursga bo‘lgan talabga qanday omillar ta’sir etadi?
3. Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabga qaysi omillar ta’sir etadi?
4. Mehnat bozorida muvozanat holatining qanday shakllanishini tushuntirib bering
5. Ish haqi darajasi deganda nimani tushunasiz?
6. Kapitalning qaysi konsepsiyalarini bilasiz?
7. Kapital bozorida muvozanatning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi?
8. Asosiy va aylanma kapital o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
9. Yerning xususiyatlarini yoritib bering.
10.Renta nima? Uning vujudga kelish sabablari va turlari to‘g‘risida gapirib bering.
11. Foydaning manbalari qaysilar? Foydaning miqdoriga qanday omillar ta’sir etadi?
12. Foyda massasi va me‘yori nima ?
10. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH. MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR.
1. Milliy iqtisodiyot va uning tuzilishi
Makroiqtisodiyotni o‘rganishda markaziy o‘rinni "milliy iqtisodiyot" tushunchasi egallaydi. Milliy iqtisodiyot - bu muayyan hududiy chegaralar doirasida tarixan rivojlangan takror ishlab chiqarish tizimi
Amerikali iqtisodchi olim Nobel mukofoti sovrindori Vasiliy Leontiyev milliy iqtisodiyot tushunchasiga eng umumiy holda quyidagi ta'rifni bergan: «Milliy iqtisodiyot bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil faoliyatlardan iborat bo‘lgan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim ».
Agar bu tushunchani yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, unda milliy iqtisodiyot mamlakatni ijtimoiy takror ishlab chiqarishning tarixan yo‘lga qo‘yilgan tizimi, xalq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan ijtimoiy mehnat shakllarini qamrab oluvchi sohalar va tarmoqlarning o‘zaro bog‘liq tizimi. Yagona iqtisodiy muhit umumiy xo‘jalik qonunchiligi, pul va moliya tizimi, iqtisodiy subyektlarning faoliyatini nazorat qiluvchi umumiy iqtisodiy tizim va yagona iqtisodiy markaz asosida shakillanadi. Milliy iqtisodiyotning asosini iqtisodiy munosabatlar bilan birlashgan, ijtimoiy mehnat taqsimotida muayyan vazifalarni bajaradigan, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradigan korxonalar, firmalar, uy xo‘jaliklari, ya’ni makroiqtisodiyot subyektlari tashkil qiladi.
O‘z navbatida ushbu subyektlarning faoliyati jamiyatning quyidagi makroiqtisodiy maqsadlariga erishishga qaratilgan:
ishlab chiqarishning barqaror darajasi- har yili turli omillar ta’sirida keskin o‘zgarishsiz ishlab chiqarish hajmini oshirib borish;
narxlarning barqaror darajasi – narxlar bozor raqobati ta’sirida o‘rnatilishi va keskin o‘zgarmasligi;
bandlikning yuqori darajasi – har bir xohlovchi o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi;
muvozanatlashgan to‘lov balansini taminlash - mahsulotlarning eksport va importi o‘rtasida muvozanatga erishish.
«Milliy iqtisodiyot» tushunchasi «iqtisodiy tizim» tushunchasi bilan chambarochas bog‘liq, chunki u «iqtisodiy tizim» tushunchasini aniqlashtiradi, mamlakatning jug‘rofiy joylashuvi, xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, madaniy , tarixiy an’analari va boshqa omillarga bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi.
Milliy iqtisodiyot yaxilt organizm sifatida quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1) umumiy iqtisodiy makon, yagona qonunchilik bilan; 2) yagona pul birligi, umumiy pul-moliya tizimi; 3) umumiy takror ishlab chiqarish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida yaqin iqtisodiy aloqalar mavjudligi; 4) tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi rolni bajaradigan yagona iqtisodiy markazga ega bo‘lgan hududiy aniqlik
Milliy iqtisodiyotning strukturasi uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror miqdoriy nisbatlarni aks ettiradi. Milliy iqtisodiyotni takror ishlab chiqarish, ijtimoiy, tarmoq va hududiy strukturalari va infratuzilmasi farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: |