1. iqtisodiyotga kirish


-rasm. YAlpi taklifning oraliq kesimidagi iqtisodiy muvozanat



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə134/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

11.5-rasm. YAlpi taklifning oraliq kesimidagi iqtisodiy muvozanat

Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talabning AD1dan AD2 ga o‘sishi yalpi taklif egri chizig‘i bo‘ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q1 dan Q2ga qadar oshishiga olib kelmoqda. Ammo, bu k o‘payish ayni paytda narxlar darajasining oshishi ( R1dan R2ga) bilan birga yuz byermoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chikarish resurslari asta-sekin to‘la bandlik holatiga o‘tayotganligini, qo‘shimcha quvvatlarning ishga tushirilishi tobora o‘sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Binobarin, oraliq kesmada milliy ishlab chiqarishning real hajmi qisqarishi va narx darajasi pasayashi ro‘y beradi.


Yuqorida aytib o‘tilganidek, klassik maktab namoyondalari fikricha iqtisodiyot davlat aralashuvisiz avtomatik ravishda to‘liq bandlik holatiga o‘tadi. Bu, birinchidan, iste’molchilar o‘z daromadlarini xarajatlarga sarflashlari bilan izohlanadi, ikkinchidan, agar xarajatlar darajasi yetarlicha bo‘lmasa, u holda bunga foiz stavkalari, narxlar darajasi va ish haqi darajasi, shuningdek, foiz stavkalari qo‘shiladi. Agar umumiy xarajatlar kamaytirilsa, bu real YaIM, bandlik va real daromadning pasayishiga olib kelmaydi.

11.6- rasmda yalpi talab egri chizig‘i to‘liq bandlik bo‘lmagan holatda yalpi taklif egri chizig‘ini kesib o‘tadi, narxlar o‘zgarmagan holatda YaIMning hajmi o‘zgaradi.



11.6 - rasm. Yalpi taklifni vertikal (klassik) kesimidagi iqtisodiy muvozanat

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tik kesmada yalpi talab miqdorining AD1;dan AD2 ga oshishi faqat narx darajasining R1dan R2 ta qadar o‘sishiga olib kelmoqda, milliy ishlab chiqarish hajmi esa potensial daraja — Qs hajmida qolmoqda. Chunki bu chegarada iqtisodiyot o‘zining barcha ishlab chiqarish imkoniyatlarini ishga solib bo‘lgan hisoblanadi.


Klassik nazariya’ning bu pozitsiyasi J.B.Sey qonuniga asoslanadi - taklif o‘zining talabini yaratadi, ya’ni olingan barcha daromad sarflanadi. Ammo savol tug‘iladi: nima uchun barcha daromad sarflanadi? Axir, daromadning bir qismi jamg‘arilishi mumkin, bu esa umumiy xarajatlar va bandlikning kamayishiga olib keladi.
Bunday bo‘lmaydi, deyishadi klassiklar, chunki jamg‘arma tadbirkorlar tomonidan investitsiya qilinadi, tadbirkorlar barcha harajatlarini faqat tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga sarflamaydilar, balki tovarlarga sarmoya kiritib, bir-birlariga sotadilar. Ammo uy xo‘jaliklari odatda iste’mol qilishni afzal ko‘rishadi va agar ular mukofot sifatida investorlarga to‘laydigan foiz stavkasini olsalargina jamg‘aradilar, ya’ni tadbirkorlar, foiz qancha yuqori bo‘lsa, uy xo‘jaliklarining jamg‘arish istagi shunchalik yuqori bo‘ladi, shuning uchun jamg‘arish egri chizig‘i yuqoriga ko‘tariladi. Foiz stavkasi qanchalik past bo‘lsa, investorlarning jamg‘arishga murojaat qilish istagi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Jamg‘arish o‘sganda, egri chiziq o‘ng tomonga siljiydi(So dan S1 ga) va foiz stavkasi pasayadi (r0 dan r1 gacha )va bu o‘z navbatida investorlarning talabining o‘sishiga olib keladi va foiz stavkasi oldingi darajaga ko‘tariladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin