2. Firmalarning investitsiyaviy sarflari. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalarning kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsiyaviy tovarlarga investitsiyalarning ko‘payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Investitsiyaviy sarflarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillar sirasiga foiz stavkasi, subsidiyalar, investorlarga imtiyozli kreditlarning byerilishi, biznesga soliqlar miqdori kiradi.
3. Davlat sarflari.Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko‘payishi yalpi talabning o‘sishiga olib keladi. O‘z navbatida davlat siyosati davlat xaridlariga ta’sir etadi. Agar davlat harbiylashtirish siyosatini olib borsa ko‘proq qurol aslaha sotib olinadi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borilsa maktab, kasalxona va shunga o‘xshashlarga zarur bo‘lgan tovarlar sotib olinadi. Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi.
4. Sof eksportdagi o‘zgarish. Sof eksportga valyuta kurslarining o‘zgarishi, tashqi bozorlardagi sharoit ta’sir etadi. Sof eksportning ko‘payishi yalpi talabni ko‘paytiradi. Eksportning yuqori darajasi chet ellarda milliy tovarlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Importning qisqarishi milliy tovarlarga ichki talabning ko‘payishiga olib keladi. Sof eksport hajmini avvalo xorijiy davlatlardagi milliy daromad va valyuta kurslari o‘zgartiradi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari o‘zlarining tovarlarini, ham chet ellarda ishlab chiqarilgan tovarlarni ham ko‘proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
11.2. - rasm. AD ga narxdan tashqari omillarning ta’siri Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa qarama-qarshi natija beradi: bizning eksportning sof hajmi qisqaradi.
Narxdan tashqari omillar ta’sirida yalpi talab egri chizig‘i (11.2 - rasm) AD dan AD2 ga siljiydi. Ushbu siljish turli narxlar darajasida istalgan tovar va xizmatlarning miqdorini oshiradi. AD egri chizig‘ining chapga AD1 ga siljigandaesa iste’molchilar kamroq tovar xizmatlarni sotib olishi natijasida yalpi talab miqdori kamayishi kuzatiladi. AD ga ta’sir etuvchi bitta yoki bir nechta omillar (ular o‘zgarmas deb hisoblanadi) o‘zgargandagina yalpi talab hajmida o‘zgarish ro‘y beradi.