1. iqtisodiyotga kirish


Markaziy bank balansining soddalashtirilgan sxemasi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə184/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Markaziy bank balansining soddalashtirilgan sxemasi


Aktivlar


Passivlar

1. Valyuta zaxiralari (oltin, chet el valyutasi)


2. Kreditlar
3. Davlat qimmatli qog‘ozlari
4. Bank binolari va boshqa aktivlar


1. Banknotalarni muomalaga chiqarish (emissiya)


2. Davlat depozitlari
3. Tijorat banklarining depozitlari
4. Chet el depozitlari
5. Markaziy bankning kapitali
6. Boshqa majburiyatlar



Respublikaning asosiy banki - Oliy Majlis Senati oldida hisobot beradigan O‘zbekiston Markaziy banki.


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:
- pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiya darajasini monitoring, tahlil va prognoz qiladi, tegishli axborot materiallarini hamda statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi;
- O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsiyaviy mavqeini, tashqi qarzini va zaxira aktivlarini o‘z ichiga olgan bank, pul-kredit statistikasini, tashqi sektor statistikasini shakllantirishni hamda e’lon qilishni amalga oshiradi;
- har yili O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga Davlat byudjeti loyihasini tayyorlashga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo‘yicha axborotni taqdim etadi;
- naqd pul muomalasini tashkil etadi;
- valyutani tartibga solishni va valyutani nazorat qilishni amalga oshiradi;
- valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valyuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi;
- banklarni va kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
- banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, lombardlarning, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining faoliyatini va qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- hukumatning fiskal agenti vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan bank operatsiyalarini va boshqa bitimlarni mustaqil ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan amalga oshiradi;
- O‘zbekiston Respublikasida to‘lov tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash choralarini ko‘radi;
- ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning rioya etishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi;
- Xalqaro valyuta fondining O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi mablag‘lari depozitariysi hisoblanadi, operatsiyalarni va bitimlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;
- kredit tashkilotlari xizmatlari iste’molchilari huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini (bundan buyon matnda xalqaro zaxiralar deb yuritiladi), shu jumladan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining zaxiralarini boshqarishni, hisobga olishni va saqlashni amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu Qonun bilan belgilangan maqsadlariga erishish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin31



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin