1. iqtisodiyotga kirish


- turli guruhlarning (xotin qizlar, pensioner, yoshlar) o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi moslashuvchan mehnat bozorini shakllantirishni rag‘batlantirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə208/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

- turli guruhlarning (xotin qizlar, pensioner, yoshlar) o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi moslashuvchan mehnat bozorini shakllantirishni rag‘batlantirish;

- ishsizlikdan ozor chekkan insonlarni ijtimoiy himoya qilish.

O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda ishchi kuchi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish, ishchi kuchi bozori mutanosibligi va infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat qilib belgilangan:

- yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

-mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

19.4. Ishsizlik va inflyatsiyaning o‘zaro bog‘liqligi.

Fillips egri chiziqi

Fillipis egri chizig‘i inflytasiya va ishsizlik o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni aks ettiruvchi chiziqdir, ya’ni mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo‘lsa, narxlarning inflyatsiya ta’siri ostidagi o‘sish sur’atlari shunchalik yuqori bo‘ladi. Uni 1958 yilda angliyalik iqtisodchi Uilyam Fillips taklif qilgan, u Angliya uchun 1861-1957 yillardagi empirik ma’lumotlarning tahliliga asoslanib ishsizlik darajasi va ish haqining o‘sishi o‘rtasidagi korrelyatsiyaviy bog‘liqlikni aniqlagan. Dastlab bog‘lanish ishsizlik va ish haqining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan. Ishsizlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ish haqining o‘sishi shunchalik past bo‘ladi, narxlar ko‘tarilishi pasayadi va aksincha, ishsizlik darajasi va ish bilan bandlik darajasi qanchalik past bo‘lsa, ish haqining ko‘payishi, narxlarning oshishi tezligi yuqori bo‘ladi. Keyinchalik umumlashtirishlar asosida ish haqi o‘zgarishi o‘rniga iqtisodchilar narxlarning umumiy darajasidagi o‘zgarishlarni qo‘yganlar. Bu bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fillips egri chizig‘i deb nom oldi (19.1-rasm ). Unga ko‘ra, inflytasiya darajasini 1% ga pasaytirish uchun ishsizlikni 2% ga o‘stirish lozim bo‘ladi. Fillips egri chizig‘i uzoq muddatli emas, balki inflyatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi qisqa muddatli bog‘liqlikni aks ettiradi. Qisqa vaqt ichida markaziy bank yoki hukumat ushbu ikkita o‘zgaruvchi o‘rtasida birini tanlash i


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin