1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə207/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarish smenalarini ko‘paytirish va unga ishchilarni jalb etish, kapital uskunalardan o‘rnatilgan normativdan yuqori darajada foydalanish, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o‘rindosh ishlarda band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.

Ishsizlik, ishsizlarning o‘zlari va butun jamiyat uchun muqarrar tarzda jiddiy salbiy ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlar olib keladi. Bunday oqibatlar qatoriga eng avvalo, sezilarli ko‘lamdagi ishchi kuchidan yetarlicha foydalanmaslikni kiritish mumkin. Aynan manashu sababli dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash hamda ishsizlikni minimal, ijtimoiy maqbul darajagacha kamaytirishga yo‘naltirilgan qonunlar tizimi qabul qilingan. Ishsizlikning iqtisodiyotga ta’sirining ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlari qanday? Iqtisodiyotga ishsizlikning ta’siri faqat salbiy deb baholanmasligi kerak. Ishsizlik iqtisodiyotga salbiy, ham ma’lum darajada ijobiy ta’sir etadi. Ishsizlikning iqtisodiyotga ta’sirining salbiy oqibatlari quyidagailardan iborat:

1) mamlakatda ishlab chiqarilgan real YaMM hajmining, potensial imkoniyatlari darajasida ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan YaMM hajmidan past bo‘lishi, ya’ni orqada qolishi;

2) ishsizlik bo‘yicha xarajatlar aholining turli qatlamlari o‘rtasida notekis taqsimlanishi;

3) xodimlarning malakasini yo‘qota borishi.

Ishsizlikning iqtisodiyotga ijobiy (konstruktiv) ta’siri quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:

-mehnat bozorida samarali bandlik va raqobatni rag‘batlantirish.

-xodimlarni mehnat bozori talablariga moslashtirish.

-vaqt va makonda resurslarning harakatchanligini ta’minlash.

Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

- mehnat birjalarii orqali band bo‘lmaganlarni ishga joylashtirish va qayta o‘qitishga yordam berish;


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin