1. iqtisodiyotga kirish


Xalqaro savdo-bu tovar va xizmatlarni eksport qilish vositasi yordamida amalga oshiriladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə224/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Xalqaro savdo-bu tovar va xizmatlarni eksport qilish vositasi yordamida amalga oshiriladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli. Resurslarning cheklanganligi sababli ko‘pchilik davlatlar o‘z ehtiyojlar uchun zarur barcha tovarlarni samarali tarzda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega emaslar. Demak, jahon xo‘jaligi uchun xalqaro savdo hayotiy zaruriyatdir. Jahonda resurslarning notekis taqsimlanganligi natijasida mamlakatlarning resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi, har xil mamlakatlarda texnologiyalarning samaradorlik darajasi turlicha ekanligi xalqaro savdoning mavjud bo‘lish sabablari hisoblanadi.
Demak, har bir mamlakat resurslar bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab o‘zining sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish lozim.
Xalqaro savdo hajmi tovar va xizmatlarning eksporti, importi, sof eksport ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Mamlakatla iqtisodiyotidagi tashqi savdoning o‘rnini yalpi milliy mahsulotdagi eksport (chetga tovar chiqarish )va import (chetdan tovar keltirish) hissasiga qarab aniqlash mumkin. Har bir mamlakatning eksporti va importining yig‘indisi uning tashqi savdo tovaroborotini tashkil etadi. Jami eksport va import o‘rtasida farq (ma’lum davr mobaynida albatta) savdo balansining saldosi deyiladi. Agarda eksport importdan kichkina bo‘lsa unda u salbiy aksi bo‘lsa ijobiy bo‘ladi. Balansda importning eksportdan oshib ketishi tashqi savdo kamomadiga olib kelishi mumkin. Uni to‘lash uchun esa davlat qarz oladi. Qarzni to‘lash uchun esa ichki iste’mol kamaytiriladi.
Import va eksport o‘rtasidagi farq sof eksport deyiladi. Sof eksport, eksport importdan katta bo‘lganda ijobiy, eksport importdan kichik bo‘lganda salbiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy sof eksport jami sarflarni va milliy mahsulot hajmining o‘sishiga, salbiy sof eksportda esa jami sarflar va milliy mahsulotning kamayishiga olib keladi.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtirokini ifodalovchi bir qator ko‘rsatkichlar ham mavjud. Masalan, tarmoq ishlab chiqarishining xalqaro ixtisoslashuvi darajasi ko‘rsatkichlari sifatida taqqoslama eksport ixtisoslashuvi koeffitsiyenti (TEIK) hamda tarmoq ishlab chiqarishidagi eksport bo‘yicha kvotadan foydalanish mumkin. TEIK quyidagi formula yordamida aniqlanadi:




Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin