1. iqtisodiyotga kirish


O‘zbekistonda ochiq bozorni shakllantirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə222/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

O‘zbekistonda ochiq bozorni shakllantirish. Iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga ochiqlik sari yuz tutishida iqtisodiy integratsiya, jahon iqtisodiy integratsiyasi muhim o‘rin egallaydi. Bugungi kunda mamlakatlimiz xalqaro integratsiya jarayonida faol ishtirok etib, uning muhim va ajralmas qismi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlab bormoqda.
Ushbu vazifani bajarish obektiv ravishda iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlashga asoslanadi. Ochiq iqtisodiyot - bu jahon iqtisodiy munosabatlar tizimiga integratsiyalashgan iqtisodiyotdir, unda xo‘jalik yurituvchi subyekt tovarlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish, moliyaviy operatsiyalar huquqiga ega, boshqa mamlakatlardan tovarlar va sarmoyalarning kirib kelish chegaralarini ochadigan va boshqa davlatlarga o‘z tovarlari va xizmatlarini erkin eksport qiladigan huquqlarga ega.
Tarmoq (mikroiqtisodiy) darajasida iqtisodiy asoslanganlik va xalqaro raqobatbardoshlik doirasida investitsiyalar, texnologiyalar, axborot oqimini rag‘batlantiradigan mamlakatdagi qulay investitsiya muhiti ochiq iqtisodiyotning mezoni hisoblanadi. Shuningdek, ochiq iqtisodiyotda mamlakat ishlab chiqarayotgan tovarlari va xizmatlarining ma’lum bir qismini eksport va import qiliadi, jahon moliya bozorlarida investitsiyalar eksporti va importida qatnashadi, xomashyo, ishchi kuchi, axborotlar, texnologiyalar kabilarni eksport va import qiladi, turli xil grantlar, moliyaviy ko‘maklar, foizsiz va foizli kreditlar olishi va berishda qatnishadi. Ochiq iqtisodiyotning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir:
a) YaIMdagi tashqi savdo kvotasi;
b) ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushi;

d) iste’mol tarkibidagi importning ulushi;


e) investitsiyalar hajmidagi xorijiy investitsiyalarning ulushi.
Ochiq iqtisodiyotning afzal taraflari quyidagilardan iborat:
-xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish;
- resurslarni oqilona taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali dunyo tajribasini yoyish;
- jahon bozorida raqobat tomonidan rag‘batlantirilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin