1. iqtisodiyotga kirish


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə218/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

21.2. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan turli milliy iqtisodiyotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda amal qiladi:
- tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo;
- kapitalning xalqaro migratsiyasi;
- ish kuchining migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasida almashuv;
- valyuta va kredit munosabatlari.
Jahon xo‘jaligi tovarlarni savdosidan chetga kapital chiqarishga va jahon moliya bozorini shakllantirish ketma-ketligida shakllangan. Shuni ham e’tiborga olish kerakki, oldin vujudga kelgan iqtisodiy aloqalarning shakli keyingi shakllarning rivojlanishiga asos bo‘ladi va o‘zi ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakllari asosida o‘zgarib boradi. Xususan, kapitalning eksporti tovarlarning eksportiga yo‘l ochgan.
Hozirgi zamon xo‘jaligining baynalminallashuvi chuqurlashayotgan sharoitda kapitalni xalqaro migratsiyasining ahamiyati ortib bormoqda.
Kapitalning xalqaro migratsiyasi – bu kapitalning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga foyda olish maqsadida ko‘chishi.
Kapitalning xalqaro migratsiyasi ikki shaklda amalga oshiriladi.
- tadbirkorlik kapitali;
- ssuda kapitali.
Kapitalning tadbirkorlik kapitali shaklida migratsiyasi chet elda turli sohalarda korxonalarning qurilishi yoki harakatdagi korxonalarning aksiyalarini ularnig ishlab chiqarishini tashkil etib, foyda olish maqsadida sotib olishni nazarda tutadi. Tadbirkorlik kapitali to‘g‘ri va portfeldagi investitsiyalarga bo‘linadi. Ular jahon xo‘jaligi aloqalarining chuqurlashuvi, mustahkamlashuvining omillaridan hisoblanadi. Agarda kapital ustidan xorijiy investorning nazorati saqlanib qolsa (aksiyalarning oltin paketi), bunday qo‘yilmalar to‘g‘ri investitsiyalarni tashkil etadi. Portfeldagi investitsiyalar kapital ustidan mahalliy korxonalar nazorati saqlanib qolishini nazarda tutadi. Bunda xorijiy investor 25% dan kamroq korxona aksiyalariga egalik qiladi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda to‘g‘ri investitsiyalarning hajmi o‘sib bormoqda.
Xalqaro miqyosda raqobat qila olish yangi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishga bog‘liq bo‘lgan sharoitda, kapitalni chetga chiqarishning ahamiyati o‘sib boradi. Xuddi shu davr mamlakatlarning investitsiyalarini jalb etish uchun kurashi bilan xarakterlanadi. Agarda XX asrning birinchi yarmida investitsiyalar oqimi rivojlanayotgan mamlakatlarga qaratilgan bo‘lsa, oxirgi o‘n yilliklarda rivojlangan mamlakatlarga ham investitsiyalar kirib kelmoqda.
Ssuda kapitalining migratsiyasi tashqi zayomlar, tashqi savdo xaridlarni kreditlash, xorijiy banklarga qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladi. Ssuda kapitali ssuda foizi ko‘rinishida daromad olishni ta’minlaydi.
Ssuda kapitalini xorijga olib chiqish quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi:
- bir yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli zayom va kreditlar;
-uzoq muddatli zayom va kreditlar, to‘g‘ri va portfeldagi investitsiyalar.
Odatda ssuda kapitali qisqa muddatga, tadbirkorlik kapitali esa uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi.
XX asrning 80 - yillarida jahon moliya va kredit sohasi shakllandi. Buning natijasida xalqaro kredit bozorining ahamiyati keskin ortdi. Hozirgi vaqtda ham xalqaro ssuda kapitali bozori yuqori sur’atda o‘smoqda.
Xalqaro ssuda kapitali pul bozori va kapital bozoriga bo‘linadi. Pul bozori – bu asosan qisqa muddatli (bir yilgacha) bo‘lgan kreditdir. Uning yordamida korporatsiyalar vaqtinchalik yetishmayotgan aylanma mablag‘larini to‘ldiradilar. Kapital bozori 2 yildan 10 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli kreditlar va 10 yildan ortiqroq, ya’ni uzoq muddatli kreditlardan iborat bo‘lib, obligatsiyalarni chiqarish va sotish shaklida bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda xalqaro bozorda ssuda kapitalining an’anaviy bo‘lmagan shakllari, ya’ni tadbirkorlik kapitaliga yaqin bo‘lgan, aynan aniq sanoat loyihasi uchun yo‘naltirilgan usullari qo‘llanilmoqda. Xalqaro kredit bozorining tez sur’atda o‘sishi jahon xo‘jaligining rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin