7.4 Monopoliya sharoitida narx va ishlab chiqarish hajmini shakllanishi
Monopoliya (ya’ni, grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) atamasini ikki ma’noda tushunush mumkin:
1. Iqtisodiyotni biron-bir sohasida tanho hukumronlik ;
2. Tadbirkorlar o‘rtasida tuzilgan uyushma, birlashma.
Haqiqatda, bozorda o‘rnini bosuvchi bo‘lmagan yagona tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatni topish deyarli mumkin emas, agar shunday bo‘lsa, unda mahsulotlarga talab egri chizig‘i mutlaqo noelastik bo‘lgan kompaniya’ni topish mumkin emas. Binobarin, "monopoliya" va undan ham ko‘proq "sof monopoliya" atamasidan foydalanishda doimo ma’lum darajada shartlilik mavjud.
Mukammal raqobat va sof monopoliya - bu ikki qutbli bozor holatini, ikkita mantiqiy chegarani ifodalovchi nazariy mavhumliklar. Ushbu modellar ushbu holatlarning har birida o‘z daromadlarini maksimal darajada oshirishga intilayotgan individual firmaning oqilona xatti-harakatlari uchun shart-sharoitlarni yartishga imkon beradi.
Mukammal bo‘lmagan raqobat sharoitida monopolist narx ustidan muayyan hukmronlikka ega bo‘ladi. Narx ustidan nazorat qilish miqyosi har xil bo‘ladi. Monopolist doimo maksimal foyda keltiradigan narx o‘rnatishga harakat qiladi. Barcha turdagi monopol bozorlarda monopoliya narxi bozor narxining asosini tashkil etadi, ya’ni amaliyotda narxlar shu atrofda shakllanadi. Sof monopoliya bozorida bitta sotuvchi noyob mahsulotlarni taklif etganligi sababli xaridorning tanlash imkoniyati bo‘lmaydi (7.1-jadval). Bunday holatda u monopoliya o‘rnatgan narxni qabul qiladi. Masalan shaharga elektr enyergiya’ni bitta korxona yetkazib beradi. U mahsulotiga narxni o‘zi belgilaydi. Iste’molchi esa elektr enyergiya’ni ana shu narxlarda sotib olishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, sof monopoliya sharoitida tarmoqda bitta yirik korxona mavjud bo‘ladi va mahsulotni sotish hajmini 100% qo‘lida jamlaydi. Bu yerda ishlab chiqarish tarmog‘i bitta kompaniyadan iborat bo‘ladi va mahsulotiga narxni uning o‘zi belgilaydi. Bunday tarmoqqa boshqa firmalarning kirib borishi amaliy jihatdan to‘silgan bo‘ladi. O‘zbekistonda sof monopoliyalarga misol sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK misol qillib ko‘rsatish mumkin. Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib, tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha qolavyeradi
Mukammal raqobat sharoitida firma faqat ishlab chiqarish hajmini tanlaydi, narx esa bozorda obyektiv ravishda shakllanadi va ishlab chiqaruvchi narxga ta’sir eta olmaydi, monopolist esa nafaqat ishlab chiqarish hajmini aniqlabgina qolmay, balki narxni ham belgilashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |