Pul islohoti - bu pul aylanishini barqarorlashtirish va mustahkamlash maqsadida davlat tomonidan amalga oshirilgan pul tizimining to‘liq yoki qisman o‘zgartirish.
Denominatsiya, pul islohotidan farqli o‘laroq, eski pullarning yangilariga almashtirishda, yangi belgilarda bitta valyutani eski belgilarda ko‘proq pul birligiga tenglashtirishda ifodalangan texnik operatsiya.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi «Markaziy bank to‘g‘risidagi» qonun asosida tartibga solinadi. Mamlakatimiz hududida banknota va tanga shaklidagi naqd pullar shuningdek tijorat banklar hisobidagi mablag‘lar ko‘rinishidagi naqd bo‘lmagan pullar muomalada harakat qiladi. Pul massasini tavsiflanishi uchun pul agregagatlaridan foydalaniladi: va
naqd pullar ( qog‘oz va tanga pullar )
bu tor ma’nodagi pullar bo‘lib,tovar aylanmasiga naqd va naqd bo‘lmagan shaklda xizmat qiladi. Naqd pullar va joriy hisobdagi pullardan iborat, ya’ni bu pullar to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan pullar.
-bu pulni muomala va jamg‘arish vositasi sifatida asosan qisqa davrda tavsiflaydigan pul agregati jamg‘arma hisoblari+qisqa muddatli qo‘yilmalar.
bu joriy muomaladagi, qisqa muddatli xizmat ko‘rsatish, va uzoq muddatli investitsiyalashni aks ettiruvchi pul agregati tijorat banklari uzoq muddati depozitlari.
16.2 Pul bozorida talab va taklif. Pul agregatlari. Pul multiplekatori
Mohiyatiga ko‘ra pul davlat banklari, jamg‘arma muassasalarining qarz majburiyatlari hisoblanadi. Unga bozorda tovar va xizmatlar sotib olish mumkunligi sababli ular qiymatga ega. Binobarin, pul qadri deganda pulning tovar va xizmatlarni xarid qilish, chet el valyutalariga almasha olish qobiliyati tushuniladi.
Hozirgi davrda pul massasida naqd pullarning ulushi 25% dan kam. Ayrim baholarga ko‘ra rivojlangan mamlakatlar bu ko‘rsatkich 10% rivojlanayotgan mamlakatlar 25-40% tashkil qiladi. Bitimlarning asosiy qismi naqd bo‘lmagan shakilda kredit pullardan foydalanib amalga oshiriladi ( cheklar, kredit kartochkada). Pulga talab xo‘jalik faolyati uchun zarur bo‘lgan ehtiyojdir. Uning shakillanishining ikki sababi mavjud. Birinchidan, insonlarga har doim tovar va xizmatlarni, korxonalarga esa xomashyo, yoqilg‘i energiyani sotib olishga, ish haqi to‘lash uchun pul zarur bo‘ladi. Bular uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaMM hajmi bilan belgilanadi. Muomaladagi tovar va xizmatlarning pul qiymati qanchalik katta bo‘lsa, ularni sotib olish uchun shunchalik ko‘p pul kerak bo‘ladi. Pulga talab bilan YaMM o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjud. Ikkinchidan, insonlar o‘zlarining pullarini har xil shakllarda (aksiyalar,obligatsiyalar, qimmatbaho tovarlar holatida) saqlaydilar. Ishlab chiqarish jarayonining o‘sishi pulga bo‘lgan talabni oshiradi. Pulga bo‘lgan talabning o‘sishi undan foydalanish uchun to‘lanadigan foiz stavkasini oshiradi.
Pul bozori – milliy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Dostları ilə paylaş: |