1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Jamiyat tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, uning asosiy elementlari - insonlar, ularning birgalikdagi faoliyat shakllari, birinchi navbatda mehnat, mehnat mahsuli, turli mulkchilik shakllari, siyosat va davlat, turli institutlarning umumiyligi tushuniladi. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Jamiyatning hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy sohalardan iborat bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyat bu murakkab tuzilma bo‘lib, unda oila, axloq, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, siyosat, mafkura, fan, din, milliy munosabatlar mavjud. Ijtimoiy tuzilmaning eng muhim qismi - bu ma’lum bir jamiyatning iqtisodiy tizimidir.

Iqtisodiy tizim - bu ijtimoiy tizimning bir qismi bo‘lib, unda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarini ishlab chiqarish, almashish, taqsimlash va iste’mol qilish amalga oshiriladi.
Endi bayon etilgan mulohazalardan kelib chiqib Iqtisodiyot fanining predmeti nimani tadqiq etishi va o‘rganishini aniqlab olamiz.
Iqtisodchi olim A.Marshalning fikricha? “Iqtisodiyot” fani “kishilik jamiyatining normal hayotiy faoliyatini tadqiq etadi. U individual va ijtimoiy xatti harakatlarning shunday sohasini o‘rganadiki, bu farovonlikning moddiy asosini yaratish bilan chambarchas bog‘liq.1A.Marshalning fikricha, bu fan aynan insonning iqtisodiy xatti- harakatlarini o‘rganadi. K. R. Makkonnell va S.L. Bryularning fikricha “Ekonomiks - bu cheklangan resurslar dunyosida moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida odamlarning xatti-harakatlarini o‘rganadi”2. Iqtisodiyot nazariysi zamonaviy maktablarining aksariyati o‘zlarining predmetini odamlarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishni o‘rganish deb hisoblaydilar. Iqtisodiyot fanining predmetiga angliyalik iqtisodchi L.Robbinson tomonidan berilgan ta’rif qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. "Iqtisodiyot - bu inson xulq-atvorini uning maqsadlari va cheklangan mablag‘lari o‘rtasidagi munosabatlarni, muqobil foydalanishga imkon berish nuqtayi nazaridan o‘rganadigan fan. "3 Muqobil foydalanish bu tanlov muammosidir. Demak, resurslarning cheklanganligi va tanlash muaommosidan tashqari insonning iqtisodiy faoliyatidagi ratsional xulqi masalasiga ham etibor qaratish lozim. Uning mohiyati xarajatlarni kamaytirish va foydani ko‘paytirishdan iborat. Foyda va xarajatlar nisbati bu samaradorlik ko‘rsatkichidir. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini tadqiq etganda, resurslar cheklangan sharoitda ishlab chiqarish harajatlaridan iloji boricha ko‘proq samara olish, ya’ni samaradorlik diqqat markazida bo‘ladi. Barcha iqtisodiy fanlar iqtisodiy tizimni turli tomonlardan o‘rganadilar. Xususan, iqtisodiy fanlar qatorida iqtisodiy nazariyadan tashqari mehnat iqtisodiyoti, industrial iqtisodiyot, menejment, iqtisodiy statistika, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, korxona iqtisodiyoti- jami 19 ta amaliy iqtisodiy fanlar mavjud. Ammo iqtisodiy nazariyadan farqli o‘laroq, bu barcha fanlar maxsus aniq iqtisodiy fanlardir. Iqtisodiyot nazariya boshqa barcha iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lgan umumiy nazariy fan hisoblanadi.
Keltirilgan Iqtisodiyot fani predmetiga berilgan ta’riflarda «cheksiz ehtiyojlar», «cheklangan resurslar», «insonning xatti-harakati» tayanch so‘zlardir. Endi biz ushbu tushunchalarni ko‘rib chiqamiz.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin