1. iqtisodiyotga kirish


Tadbirkorlik layoqati deganda boshqa resurslarni samarali ishlata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniy resurs tushuniladi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə8/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Tadbirkorlik layoqati deganda boshqa resurslarni samarali ishlata olish qobiliyatiga ega bo‘lgan insoniy resurs tushuniladi. Tadbirkorlik qobiliyati - ishlab chiqarishning barcha omillarini samarali birlashtirib, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish, tavakkal qilish va yangi g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq eta olish qobiliyati.

Iqtisodiy resurslar yoki ishlab chiqarish omillari noyob va cheklangan hajmda bo‘ladi. Bu noyoblik nisbiy xarakterga egadir, ya’ni resurslar mavjud iqtisodiy rivojlanish darajasida barcha ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan hajmidan kam bo‘ladi yoki insonlarning jami moddiy ehtiyojlari barcha mavjud resurslarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan oshiqdir. Demak, resurslarning cheklanganligi natijasida ishlab chiqarish hajmi ham cheklangan. Shu sabab mutloq mo‘l- ko‘lchilikka erishib bo‘lmaydi. Ehtiyojlarimiz cheksiz, resurslar esa cheklanganligi sababli biz barcha ehtiyojlarni to‘liq qondira olmaymiz.
Resurslarning cheklanganligi, bundan kelib chiqqan holda iste’mol uchun ishlab chiqaralayotgan mahsulotlarning cheklanganligi iqtisodiyot uchun fundamental ahamiyatga ega. Bu cheklanganlik iqtisodiy ma’nodadir, atrof muhitda, yer ostida, jahon okeanida, kosmosda cheklanmagan holda resurslar mavjud. Ammo, bizning ilmiy bilimlar darajamiz, texnika va texnologiya’ning rivojlanishi, ishlab chiqarish unumdorligi darajasiga ko‘ra, biz har bir ma’lum vaqtda real cheklangan hajmdagi resurslarga ega bo‘lamiz, buning natijasida esa, cheklangan miqdorda mahsulot ishlab chiqariladi. Resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Natijada ehtiyojlarni to‘liq qondirib bo‘lmaydi. Biroq, ishlab chiqarish imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki innovatsiyaviy texnika va texnologiyalarning yaratilishi va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilishi o‘z navbatida ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytiradi. Ya’ni ishlab chiqarilayotgan tovar hamda xizmatlarning sifati va miqdori oshadi, demak ehtiyojlarning qondirilish darajasi ham oshib boradi. Buning uchun esa innovatsiyaviy iqtisodiyotga o‘tish, ishlab chiqarish samaradorligini muttasil oshirib borish zarur.


Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin