1. iqtisodiyotga kirish


Iqtisodiyot nazariyasi boshqa fanlar singari uning metodologiyasini tashkil etuvchi bilishning turli shakl va usullaridan foydalanadi



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə10/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Iqtisodiyot nazariyasi boshqa fanlar singari uning metodologiyasini tashkil etuvchi bilishning turli shakl va usullaridan foydalanadi. Ular umumilmiy va xususiy usullardan iborat. Umumilmiy usullar - iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan umumiy falsafiy tamoyillar va yondashuvlar. Bunday umumiy yondashuvlar dialektik metod doirasida shakllanadi. Aynan dialektika usuli umumilmiy usullar sirasiga kiradi. Iqtisodiyotni o‘rganayotganda, dialektik usuldan foydalangan holda iqtisodchilar quyidagi dialektik tamoyillarga asoslanadilar: barcha narsa rivojlanadi, shuning uchun har bir iqtisodiy hodisa rivojlanishda, doimiy harakatda ko‘rib chiqiladi; iqtisodiy rivojlanishning ichki impulslari bu iqtisodiy tizim doirasida turli darajadagi ziddiyatlardir.
Iqtisodchilar dialektik usulga taya’nib, iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni xususiy usullar yordamida o‘rganadilar. Bu asosan ma’lum bir fanda qo‘llaniladigan tadqiqot usullari. Umuman olganda, iqtisodiy nazariyada xususiy tadqiqot usullari guruhini analitik usul sifatida tavsiflash mumkin.
Ilmiy abstraksiya, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, pozitiv va normativ, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil xususiy usullardan iborat.
Ilmiy abstraksiya - (lotincha «abstractio» - diqqatni chetga tortish, bo‘lish, chalg‘itish) tahlil jarayonida ikkilamchi, ahamiyatsiz narsalardan diqqatni tortish, iqtisodiyotdagi eng muhim faktlar va munosabatlarni ajratib olib, tahlil etish, umumlashtirish va tegishli xulosalarni chiqarish.

Abstraksiyalashda taxminga yo‘l qo‘yiladi, ma’lum shart-sharoit bo‘lganda nima yuz berishi taxmin qilinadi. Bu faqat tadqiq qilinayotgan hodisalar va munosabatlar o‘zgaradi, qolgan barcha hodisalar va munosabatlar esa o‘zgarmas deb hisoblananishini anglatadi. Masalan, narxning talabga ta’sirini bilish uchun, talabga narx omilining ta’siri tadqiq etiladi, talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar esa o‘zgarmay turibdi deb taxmin qilinadi.
Ilmiy abstraksiya usuli yordamida iqtisodiy hodisalarning mohiyatini tushunib olish va uni yanada chuqurroq ifoda etuvchi tushuncha va qonunlarni shakllantirish mumkin.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin