1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda


Sotiladigan va sotib olinadigan mahsulotlarning tavsifiga ko'ra



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə16/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

Sotiladigan va sotib olinadigan mahsulotlarning tavsifiga ko'ra bozorlar quyidagi turlarga bo'linadi: iste'mol tovarlar va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.


Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji va chakana savdo to'g'risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblaiadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o'rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchil esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va davlat xo'jaliklaridir.
Shuningdek, davlat va kooperativ savdo, dehqon bozori ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni matlubot kooperatsiyalari amalga oshiradi. Dehqon bozorida savdoni, alohida fuqarolar, jamoa va fermer xo'jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi.
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.Bu bozorda xo'jalik subyektlarining barcha uchta turi fuqarolar (uy xo'jaliklari) davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste'mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus tuir intellektual tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo'lgan tovarlar - ilmiy g'oyalar, texnikaviy yangiliklar, san'at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy{ texnikaviy ishlanmalarni ayirboshlash katta o'rin tutadi. Amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo'lib, bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko'radi. Mazkur firmalar yangiliklarni topish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo'yicha xizmat ko'rsatadi.


Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna, xom ashyo, yoqilg'i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda ko'tarasiga (ulgurji) sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste'molga emas, ishlab chiqarish iste'moliga xizmat qiladi, ya'ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste'mol tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to'liq va yorqin namoyon bo'ladi. Shu sababli bozorning ikki turi va ularning subyektlari o'rtasida amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitimlarining ko'rgazmali tavsifini keltiramiz.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin