1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə23/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

Absolut renta. Ko'pgina mamlakatlarda qishloq xo'jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to'g'ri keladi. Bu mononoliya ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalariniig sifatidan qat'i nazar, yer egalariga absolut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolut yer rashasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to'lovlar oladilar. Mana shu to'lov absolut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo'lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Renta nazariyasiga ko'ra qishloq xo'jaligida rentaning yana bir turi — monogyul renta ham mavjud bo'ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba'zan noyob qishloq xo'jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, Choy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlariing yuqori bo'lishi ko'pincha to'lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar Bunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo'lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo'jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo'shimcha daromad olinadi. Ma'lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo'jaligidagi singari, o'rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo'shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.

Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e'tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oddin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog'liq ravishda kapital qo'yilmalar sarflanmagan bo'lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to'g'ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasqdan farq qiladi. Ijara haqining quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to'lanadigan renta (K), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (g); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin: IH = K+g+A.
Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, balki oddi-sotdi obyekti hamdir. Yer ham qishloq xo'jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo'llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Yerning bahosi nima bilan belgilanadi? Yer almashuv qiymatga ega emas.Chunki u inson mexnati mahsuli emas.
Shu sababli yer va boshqa tabiat inyomlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb ataydilar. Yer ham irratsional narxga ega. Yer uchastkasishshg egasi uni sotishda olingan summani bankka qo'yilganda, foiz tarzida u keltiradigan daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo'lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aygganda, yerning narxi kattallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to'g'ri mutanosib va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog'liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo'ltan yer rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi normasiga.
Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo'yicha aniqianadi.B= *100% bunda K- renta r -ssuda foizi normasi, B- yer bahosi.
Faraz qilaylik, K - 15 ming dol., g =5%. Bunda B = 300 ming dol. ga teng bo'ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo'ladi.
Renta miqdori o'sib, ssuda foizi normasi pasayib borgan taqdirda yerning narxi o'sib boradi.
Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta'sir qursatuvchi ko'plab omillarga bog'liq. Jumladan, yerga narxning o'sishini, unga noqishloq xo'jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o'sishi bilan tushuntiridishi mumkin. Inflatsiya va asosan giperinflatsiya sharoitida yerga talab keskin o'sadi, bu tegashli ravishda yer narxining o'sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g'arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o'sish tamoyiliga ega bo'lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi.

Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin