1-§. Agrar munosabatlar va ularniig xususiyatlari.
Renta munosabatlari Qishloq xo'jaligi xalq xo'jaligining muhim bo'g'inidir.Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta'kidlab o'tgandek, "Respublika sanoatining ko'pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozalash, to'qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo'jaligi mashinasozligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o'tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo'jaligigiga bog'liqdir". Demak, aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo'jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo'ladi. Bu munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish kup jihatdan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Yer rentasi orqali yerga bo'lgan mulkchilik xuquqi ro'yobga chiqariladi. O'zbekistonda "yer—davlat mulki -umummilliy boylik" bo'lganligi sababli yerga bo'lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.
Yerga egalik jismoniy va huquqny shaxslarning ma'lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo'lgan mulkchilik huquqi ko'zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo'lgan mulqdor amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta'kidlanganidek: "Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin".
Yerdan foydalanish huquqi — bu o'rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda uidan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo'lishi shart emas. Real xo'jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanshdni ko'pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar bajaradilar.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi.
Renta munosabatlari qishloq xo'jaligida yer kimning mulki bo'lsa, mulk egasi yerdan foydalanganlik uchun undan foydalanuvchilardan to'lov oladi. Bu to'lovlarning manbai qishloq xo'jaligida yaratilgan qo'shimcha mahsulotdir. Ya'ni yer egasi faqat yer egasi bo'lganliga uchun yaratilgan qo'shimcha mahsulotning bir qismini o'zlashtirib oladi. Bu yerda yer davlatnikimi, xususiymi buning ahamiyagi yo'q. Davlat uni yer solish sifatida oladi. Xususiy yer egalari esa yerdan foydalanganliklari uchun to'lov sifatida oladi. Shuning uchun yer rentasi yer egalishpi iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish) ning shaklidir. Yer rengasining bir kancha tarixiy ko'rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig'i shakllaridagi feodal rentalari, kashtalistik va sotsialistik yer rentalari va nihoyat hozirgi davrda mavjud bo'lgan yer rentalari. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud rentaning turlari bir necha xildir.
Absolut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta- 1, va — 2, monopol renta, mutloq renta. Qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgal joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qushimcha daromad (qiymat)ning bir qismi reota shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo'jaligida eng muhim shplab chiqarish vositasiniig miqdori va sifatini tabiatning o'zi cheklab qo'ygan, uni inson ko'paygirishga qodir emas.
Shuning uchun qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to'plash mumkin emas.Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to'lovga qodir talab bilan ta'minlangan bo'lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidas yomon sharoit qishloq xo'jalik tovarlariga narx shakllanishitss tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi.
Natijada o'rtacha yoki yaxshi yerlarda xo'jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo'shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Bu foyda qisqa mudsatli emas, balki ozmi-ko'pmi doimiy xarakterga ega. Barcha yerlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar yerga xo'jalik obyekti sifatidagi mopopoliya vujudga keladi. Bu hol differensial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi. Shunday qilib, differensial renta hosil bo'lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo'jalik yuritishdir.
Differensial renta o'zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta -I va differensial renta — II ga bo'linadi.
Differensial renta — I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog'liq bo'lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo'llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday yer uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardap, shaharlardan va markaziy yo'llardan uzoq joylashgan yer uchasgkalari mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo'ladi. Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek xo'jaliklar faoliyatiga bog'liq bo'lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo'jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo'linsh sababli uning manfaatlari yo'lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (budjetida) to'plaiishi lozim. Bu hol o'rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo'jaliklarni iqtisodiy manfaatdorligiga pugur yetkazmaydi, balki boshqa xo'jaliklar bilan ozmi-ko'pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglapggirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o'tgan bu mablag'larni (differensial renta I), mamlakat oddida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususanligi yerlarni o'zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog'liq bo'lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun (yo'naltirilishi mumkin bo'ladi.
Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya'ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan boshiq bo'lganligi uchun ham bu xildagi rentanipg asosiy qismi xo'jshiklarning o'zlarida qoldirilipsh maitiqan to'g'ri bo'ladi. uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma'lum darajada bu rentaning hosil qilishda o'z hissasini qo'shadi, ya'ni transport yo'llari qurilishiga, irrigatsiya-meloratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag'lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mi-neral o'g'itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo'lgan davlat bilan xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida taqsimlanadi.