1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə30/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

Iste'molchiniig kutishi. Iste'molchilik sarflari hajmidagi, o'zgarish, iste'molchining narxlar va daromadlar darajasidags kelajakdaga o'zgarishlarni oldindan bilishiga bog'liq. Masalan, agar odamlar kelajakda o'zlarining real daromadi ko'payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko'proq qismini sarflashga tayyor bo'ladi. Natijada bu davrda iste'molchilik sarflari ko'payadi, jamg'arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o'zlarining read daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste'molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday infilyatsiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki iste'molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yakin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste'mol miqdorining kamayishiga olib keladi.

Iste'molchi qarzlari. Iste'molchi qarzlari ko'p bo'lganda, u joriy daromadini qarzlarga to'lab, o'zlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste'molchi qarzdor bo'lmasa, ular bugungi sarflarini ko'paytirishga tayyor bo'ladi.

Soliq. Daromad solig'i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilik sarflarini ko'paytiradi, soliqlarning oshishi iste'molchilik sarflarini kamaytiradi.

2. Investitsnon sarflar. Investitsion sarflar, ya'ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narhdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo'lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko'payshpi yalpi talabning ko'payishiga olib keladi Investitsion sarflarni o'zgartirish mumkin bo'lgan narxdai tashqari omillarni aloxida- aloxida qarab chiqamiz.

Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishi va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o'zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o'zgarishi haqida gap ketadi. Pul massasini ko'payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali kapital qo'yilmalar hajmini ko'paytiradi. Aksincha, pul masasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi.


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin