moddiy ishlab chiqarish sohalarida — 671,1mlrd so'm (49,4%) xizmat ko'rsatish sohalarida — 476,9 mlrd. so'm (35,1%).
Sof soliqlar — 210,8 mlrd. so'm (15,5%)
Respublikada YAIM ning tarmoqlar bo'yicha tuzilishi shu yili quyidagi ma'lumotlar bilan xarakterlangan (mlrd.so'm).
Ikkigm» usul bu YAMM (YAIM)ni hisoblashga sarf-xarajatlar bo'yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda shilab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olshiga qatnashgan butun sarflar qo'shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo'jalikning uchta subyekti — uy xo'jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste'molchilar sotib olishi mumkin.
Uy xo'jaliklarining iste'molchilik sarflari. Bu kundalik tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste'mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg'arishga qiladigan sarflardir. Investitsion sarfllr asosan uch qismdan iborat: a)tadbirkorlar tomonidan Mashina, uskuna va stanoklarning barcha xaridi; b) barcha qurilishlar; v) zahiralarning o'zgarishi.
Birinchi guruh elementlarning "investitsion sarflar" Tarkibiga kiritilish sababi aniq, qurilshshgarning uning tarkibiga kiritilishi, o'z-o'zidan aniqki, yalpi fabrika, ombor yoki elivator qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi.
YAIM tarkibiga zahiralarining ko'payishi, ya'ni ishdan chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YAIM o'z ichiga yil davomidag» zahiralar va ehtiyotlar barcha o'sishining bozor qiymatida oladi. Zahiralarning bu o'sishi YAIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko'rsaxkichi sifatida qo'shiladi.
Zahiralar kamayganda, u YAIM hajmidan chiqarilishi zarur Zahiralarning kamayiish yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko'proq mahsulot sotilganligani bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo'shimcha oldinga yillardan qolgan zahiralarning bir qismini iste'mol qilgan bo'ladi.
Milliy hisoblar tizimida YAIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishdaxususiy vamilliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsioi sarflarni bildiradi. Yalpi investatsiyalar o'z ichiga joriy yilda shilab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o'rnini qoplash uchun mo'ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar hajmiga har qanday sof qo'shimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatigako'raiste'mol qilingan asosiy kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning o'sgan qismidan iborat bo'ladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo'shilgan investitsiort tovarlar summasini xarakgerlash uchun ishlatiladi. Ularning farqini oddiy misodda ancha aniq tushuptirish mumkin. Faraz qilaylik, Respublikamiz iqtisodiyotida 1995 yil 500 mlrd. so'mlik, investitsion tovarlar (ishlab chiqarish vositalari) ishlab chiqarilgan bo'lsin. Ammo YAIMni ishlab chiqarish jarayonida shu yili 400 mlrd. so'mlik mashina, uskuna va boshqa investitsion tovarlar iste'mol qilingan. Natijada bizning iqtisodiyotga 1998 yil 100 mlrd. so'mlik jamgarilgan kapital qiymati qo'shiladi. Shu yili yalpi invssshsiyalar 500 mlrd. so'mni sof investitsiyalar faqat 100 mlrd, so'mni tashkil qiladi. Ikki qo'rsatkich o'rtasidash farq, 1998 yilgi YAIM hajmini shdlab chiqarish jarayonida qo'llanshshsh va iste'mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapigal hajmi) o'rtasidagi nisbat, iqtisodiyot, yuksalish, turgunlik yoki tanazzul holatida joylashganligini xarakterlab beruvchi ko'rsatkich (indikator) hisoblanadi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo'lsa, iqtisodiyot yuksalish bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o'sadi. Masalan, bizning yuqoridagi misolda ta'kidlanganidek, 1995 yil yalpi investitsiyalar 500 mlrd. so'mni, ishlab chiqarishda iste'mol qilingan investitsiya tovarlar hajmi 400 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Bu iqtisodiyotda shu yil oxirida 100 mlrd. so'mlik investitsion (tovarlar ko'p bo'lganini bildiradiki, investitsion tovarlar taklifining ko'payishi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirishida asosiy vosita hisoblanadi.
Turg'un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng (bo'lgan vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YAIMni ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan (vositalarni qoplash uchui zarur bo'lgan miqdorda asosiy kapital ishlab chiqarinshi bildiradi. Boshqacha aytganda, sof invistitsiyalar taxminan nolga teng bo'ladi, ishlab chiqarish quvvatlari kengaymaydi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga qaraganda kam bo'lsa, uni iqtisodiyotda ishlab chiqarilganna qaraganda kapital ko'proq iste'mol qilinsa, noqulay vaziyat vujudga keladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotda investitsiyalarning qisqariish ro'y beradi. Bu yil oxirida kapital hajmi yil boshida mavjud bo'lgandan kam bo'lib qolishga olib keladi. Masalan, "Buyuk turg'unlik" davrida, aniqrog'i 1933 yil AQShda yaashgan investitsilar hammasi bo'lib 1,6 mlrd. dol. ni, yil davomida iste'mol qilingan kapital - 7,6 mlrd. dol. ni tashkil qilgan. Shunday qilib, investitsiyalarni sof qisqarishi 6 mlrd. dol. ga teng bo'lgan.