1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə27/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

Davlat sarflari bu mahsulotlarni va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatnipg (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilingan barcha sarflarini o'z ichiga oladi.

Chet elliklarnipg milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste'molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog'liq. Shu sababli YAIMni sarflar bo'yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning sarflari, ya'ni eksport qiymati ham qo'shiladi. Boshqa tomondan, iste'molchilik va investitsioi sarflar hamda davlat mablag'larining bir qismi import qilingan, ya'ni chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YAIMdan chiqariladi. Buning uchun eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Agar eksport importdan ortiq bo'lsa, bu ijobiy, agar eksportdan import ortiq bo'lsa salbiy bo'ladi.
Qarab chiqilgan sarflarning to'rt toifasiga notijorat muassasalar (kasaba uyushmalar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar va ijtimoiy tashkilotlar) sarflari va moddiy aylanma vositalari zahirasidagi o'zgarishlarni qo'shib chiqish yo'li bilan YAIM (IMM) hajmi aniqlanadi.
998 yil O'zbekistonda sarflar (foydalanish) bo'yicha 1358,8 mlrd.so'mni tashkil qilgan. Shu jumladan:

Pirovard iste'molga sarflar - 1196,8 mlrd. so'm (88,0%) ,

Yalpi jamg'arishga sarflar - 138,1 mlrd. so'm (10,2%)

Sof eksport - 23,9 mlrd. so'm (1,8%)

Uchshmi usul - bu YAMM (YAIM)ni daromadlar bo'yicha hisoblash mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulm hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo'jaliklari ixtiyori ish haqi, renta to'lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YAMM (YAIM) pirovard mahsulot hajmidan olingan ana shu barcha daromadlarni ko'shib chiqish orqali aniqlanadi.
YAMM (YAIM)ni daromadlar bo'yicha hisoblashda uy xo'jaliklari, korxona va davlat muassayealarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h. k,) ajratish mumkin. YAMM (YAIM)ni mazkur usul bo'yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar summasi ham qo'shiladi.
Agar YAMMni hisoblashning oxirgi ikki usulini oddiy tenglik shaklida tasvirlasak:


Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin