1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J
14 Qadimgi Rimda ta’lim-tarbiya tizimi qanday bo‘lgan
Tarbiya va maori f . Qad. davrlarda bolalar oilada tarbiyalangan. Miloddan avvalgi 5-asrda ibtidoiy maktablar vujudga kelgan. Bolalar maktabga 7 yoshdan qabul qilinib, 4—5 yil oʻqitilgan. Uyda va maktabda lotin, yunon tillari, yozish, oʻqish, hisob oʻrganilgan. Bolalar dastlab xonadonlarda oʻqituvchi yollab oʻqitilgan, keyinchalik maktablarda taʼlim berishning yangi tizimi shakllandi. Miloddan avvalgi 2-asrning 60-yillarida grammatika, ritorika maktablari vujudga keldi. Milodiy 1-asrda qizlar uchun grammatika maktablari tashkil topdi. Ritorika maktablarida 13—19 yoshdagi bolalar oʻqitildi. Bu maktablar, asosan, notiqlik sanʼatini oʻrgatar edi. Maktablarda HUQoʻQ, falsafa, tarix, sheʼriyatdan taʼlim berilar edi. 2-asrdan huquqshunoslik guruhlari tashkil topdi. Imperator Mark Avreliy davrida (2-asr) Afinada oliy maktablar tashkil etildi. Bunday maktablar keyinchalik Rimning gʻarbiy viloyatlarida ham vujudga keddi. Respublika davrida taʼlim xususiy tarzda olib borildi, unga davlat aralashmadi, biroq imperiya davrida u nazorat ostiga olindi. Oʻqituvchilar davlat xizmatchilari boʻlib, maosh oladigan boʻldilar. 362 yildan boshlab oʻqituvchilarni imperator tasdikladi. Madaniyati. R. shahardavlatdan yirik Oʻrta dengiz davlatiga aylanguncha murakkab taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtdi. Afina, Iskandariya, Pergam va boshqa yunon ilmiy va madaniy markazlar ham shu davlat tarkibiga kirib, etrusk, yunon, shuningdek, ellinizm davri madaniyatlari taʼsirida boyidi. Din va mifologiya. Kds. rimliklar juda koʻp xudolarga eʼtiqod qilganlar, turli narsalarning , Mas, buloq, oʻrmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — maʼbudasi mavjud deb ishonganlar. Bu maʼbuda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari taʼsirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (Mas, hosilni oshirishni soʻrab sigir qurbonlik qilingan). Ibtidoiy dinlarga eʼtiqod qilgan kishilar chakalakzor, togʻ, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan oʻtgan. Mars (dastlab dala va hosil xudosi, keyinchalik — urush xudosi), Diana (yunonLarda — Artemida; ov maʼbudasi), Venera (bogʻ, hosildorlik maʼbudasi, keyinchalik — Afrodita — muhabbat va goʻzallik maʼbudasi), Fortuna (kismet maʼbudasi), Feroniya (yer maʼbudasi) kabi xudo (maʼbuda)larga umumitalyan xalqlarining xudolari deb karalgan. Ayrim xudolarga maʼlum tabaqalar, maʼlum kasb egalari koʻproq eʼtiqod bilan qaraganlar. Mac, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga koʻproq eʼtiqod qilishgan. Yunon madaniyati taʼsirida koʻpgina diniy urfodatlar tarqalgan. Miloddan avvalgi 3-asrda yer osti xudolari sharafiga har 100 yilda bir marta oʻyinlar, har yili esa ekin xudosi Saturn sharafiga dala ishlari tugagandan soʻng dek.da bayram oʻtkazilgan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asrlarda Isida (qad. misrliklarning hosildorlik va onalik maʼbudasi), Osiris (kad. misrliklarning oʻsimlik, oy, Nil suvlari xudosi, shuningdek, narigi dunyoning podshosi deb ham eʼtiqod qilingan) kabi Sharq maʼbudalariga ham eʼtiqod qilina boshlandi. Miloddan avvalgi 1—milodiy 1-asrlardan hukmronlik qilayotgan va ilohiylashtirilgan marhum imperatorlarga sigʻinish joriy qilindi. Qullar va kambagʻallar rasmiy xudolardan tashqari koʻproq mehnat axli rahnamosi deb bilgan Pan (choʻponlar homiysi, chorvachilik xudosi), Silvan (oʻrmon, dala xudosi) kabi xudolarga ibodat qilishardi. Asta-sekin Sharq xudolariga eʼtiqod va ishonch kuchaydi. Shu tarzda R. dinlari tushkunlikka uchrab, 4-asr oxirlarida imperator Feodosii 1, turli maʼjusiy urfodatlarni man qildi, shu bilan R. dinlari barham yedi.